Texnologiya

Dunyo vaqtini Yerning aylanishidan mustaqil qilishmoqchi

Dunyo vaqtini Yerning aylanishiga bogʻliq boʻlmagan holatga keltirish taklif qilinmoqda

Xalqaro mutaxassislar Koordinatsiya qilingan universal vaqtni (UTC) kibisa soniyalari yordamida tuzatishdan voz kechish taklifi bilan chiqishdi. Agar qaror maʼqullansa, yangi tizim 2027 yil 20 maydan boshlab kuchga kiradi.

Hozirda UTC Yerning aylanishi bilan belgilanadigan vaqtdan farq qilmasligi uchun vaqti-vaqti bilan tuzatib turiladi. Ilgari buning uchun dunyo vaqtiga bir soniya qoʻshilar edi, biroq sayyora aylanishining tezlashishi teskari vaziyat yuzaga kelishi ehtimolini paydo qildi: tarixda ilk bor bir soniyani olib tashlash talab etilishi mumkin. Bunday mexanizm hech qachon qoʻllanilmagan va real sharoitlarda sinovdan oʻtkazilmagan.

Muammo birinchi navbatda raqamli infratuzilmaga tegishli. Vaqtning hatto bir soniyaga boʻlsa ham keskin oʻzgarishi telekommunikatsiya, sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlari, energetika va aniq sinxronlashtirish zarur boʻlgan boshqa tarmoqlarda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, UTC vaqtini uzluksiz qilish va uning Yer aylanishi vaqti bilan farqi bir soatgacha yetishiga yoʻl qoʻyish taklif etilmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, bunday farq toʻplanishi uchun asrlar kerak boʻladi.

Qaror loyihasi 13-15 oktyabr kunlari Frantsiyada boʻlib oʻtadigan Oʻlchov va tarozilar boʻyicha bosh konferentsiyada koʻrib chiqiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.