Dunyo katta. Ryukzak kichik. Centrum Air parvozlarni qanday qilib osonlashtiradi
Sayohat uchun har doim ham katta chamadon kerak boʻlavermaydi. Baʼzida kichik ryukzak, chipta va sharoitni oʻzgartirish istagining oʻzi kifoya praviladi

Dunyo juda keng. Ryukzak esa — anchagina kichik. Centrum Air parvozlarni qanday qilib osonlashtiradi
Sayohatlar tobora spontan (toʻsatdan qilinadigan) ishga aylanib bormoqda. Dam olish kunlarini boshqa shaharda oʻtkazish, dengiz boʻyida bir-ikki kun boʻlish yoki ishchi uchrashuvga joʻnab ketish uchun endi haftalab tayyorgarlik va haybatli bagaj talab qilinmaydi. Safar oddiygina: «Nima uchun uchib ketmasligim kerak?» degan savoldan boshlanishi mumkin. Parvoz qanchalik yengil tashkil etilsa, unga qaror qilish shunchalik oson kechadi.
Aynan shunday filosofiyani Centrum Air Fly Simple — osonroq uching shiori ostida «yumshoq loukoster» formatiga oʻtgan holda ilgari surmoqda.
Odatda aviabilet oldindan yigʻilgan xizmatlar paketi sifatida qabul qilinadi. Lekin haqiqatan ham hamma yoʻlovchilarga bir xil toʻplam kerakmi? Kimdir taʼtilga ikki haftaga katta chemodan bilan uchishi mumkin, kimdir — ishchi uchrashuvga atigi bir kunga, kimgadir esa dam olish kunlarini boshqa shaharda oʻtkazish uchun ryukzakning oʻzi kifoya.
Шу сабабли Centrum Air'ning yangi modeli oddiy tamoyilga asoslangan: aviakompaniya bazaviy parvozni taklif etadi, yoʻlovchi esa oʻziga aynan qaysi xizmatlar kerakligini tanlaydi. Shu tariqa, yengil sayohat qiluvchilar uchun safarlar yanada hamyonbop boʻladi, koʻproq narsa talab qiladigan yoʻlovchilar esa odatdagi qulaylik darajasini saqlab qoladilar.
2026 yil 25 oktyabrdan Centrum Air Base tarifi shartlarini yangiladi. Endi unga vazni 3 kg gacha va oʻlchami 30 × 40 × 20 sm gacha boʻlgan, oldinda oʻtirgan yoʻlovchi oʻrindigʻi ostiga joylashtiriladigan bitta qoʻl yuki oʻrni kiradi. Hujjatlar, telefon, quvvatlash qurilmasi va dam olish kunlaridagi safar yoki qisqa xizmat safari uchun kerak boʻlgan barcha narsalar kichik ryukzakka bemalol sigʻadi.
Meʼyordan tashqari ayrim shaxsiy buyumlarni bepul olish mumkin: ustki kiyim, pled, kitoblar, noutbuk, planshet yoki gʻilofdagi fotoapparat, shuningdek, oʻtkir uchi boʻlmagan soyabon yoki hassa.
Base'ning asosiy gʻoyasi — sayohatchini cheklash emas, balki unga oʻzi foydalanmaydigan narsa uchun toʻlamaslik imkoniyatini berishdir. Agar siz atigi ikki kunga uchayotgan boʻlsangiz, bilet narxiga katta bagajni kiritishdan ne naf?
Agar koʻproq narsa olish kerak boʻlsa-chi?
Yengil sayohat qilish qulaylikdan voz kechishni anglatmaydi. Agar 3 kg yetarli boʻlmasa, «Vazni ortgan qoʻl yuki» xizmatini rasmiylashtirish va meʼyorni 10 kg gacha oshirish mumkin. Bunda oʻlchami 55 × 35 × 25 sm gacha boʻlgan bitta qoʻl yuki oʻrnini olishga ruxsat beriladi, masalan, salon uchun kichik chemodan.
Ushbu xizmatni aviakompaniya saytidagi «Bronni boshqarish» boʻlimida yoki roʻyxatdan oʻtish peshtaxtasida qoʻshish mumkin. Qancha erta rasmiylashtirilsa, narx shuncha past boʻladi, shuning uchun Centrum Air buni parvozga kamida 24 soat qolganda qilishni tavsiya etadi.
Uzoq muddatli safarlar yoki xaridlar va sovgʻalar bilan qaytish uchun Optimal tarifi mos keladi. Unga allaqachon 8 kg qoʻl yuki va 23 kg roʻyxatdan oʻtkaziladigan bagaj kiritilgan.
Yangi kontseptsiya faqat bagajga taalluqli emas. Deraza yonidagi oʻrinni oldindan tanlashni xohlaysizmi? Bortga chiqishdan birinchilar qatorida oʻtmoqchimisiz? Maxsus taomga buyurtma berasizmi? Bularning barchasini xohishga koʻra biletga qoʻshish mumkin.
Bunda parvozning bazaviy elementlari oʻzgarishsiz qoladi. Samoletdagi oʻrinni har bir yoʻlovchi oladi, hatto u oʻrin tanlash xizmatini xarid qilmagan boʻlsa ham, taomlar va ichimliklar esa reys shartlari va davomiyligiga muvofiq taqdim etiladi.
Bitta reysdagi uchta yoʻlovchini tasavvur qilaylik. Birinchisi dam olish kunlariga kichik ryukzak bilan uchib ketmoqda va Base'ni tanlaydi, chunki unga boshqa hech narsa kerak emas. Ikkinchisi bir necha kunga xizmat safariga joʻnamoqda: u Base'ni sotib oladi va unga salon uchun chemodan hamda oʻrin tanlashni qoʻshadi. Үchinchisi esa taʼtildan oilasi uchun sovgʻalar bilan qaytmoqda, shuning uchun poʻlatdek toʻliq bagajga ega Optimal'ni tanlaydi.
Uchchalasi ham bir samolyotda, bir yoʻnalishda uchishadi, lekin har biri faqat aynan oʻziga kerak boʻlgan narsa uchun toʻlaydi.
Yangi yoʻnalishlarni kashf qilishni yaxshi koʻradiganlar uchun Centrum Air yillik Centrum Club obunasini taklif etadi. 7,2 mln soʻm evaziga yoʻlovchi 12 oy davomida obuna shartlariga muvofiq aviakompaniya yoʻnalishlarida Base tarifi boʻyicha cheklanmagan miqdorda biletlar rasmiylashtirishi mumkin. Har bir bron qilishda soliqlar va yigʻimlar alohida toʻlanadi, bagaj, oʻrin tanlash va boshqa xizmatlar esa xohishga koʻra xarid qilinadi.
Bunday format ish yuzasidan tez-tez uchadigan yoki spontan safarlarni xush koʻradiganlar uchun mos keladi: bugun — ishchi uchrashuv, bir haftadan keyin — boshqa shaharda dam olish kunlari, keyingi oyda esa — yangi yoʻnalish. Sayohatlar yarim yil oldin rejalashtirish kerak boʻlgan voqea boʻlishdan toʻxtaydi va hayotning odatdagi qismiga aylanadi.
«Yumshoq loukoster» modeliga oʻtish — bu shunchaki yangi bagaj meʼyorlari emas, balki zamonaviy parvoz qanday boʻlishi mumkinligiga yangicha qarashdir. Keraksiz optsiyalar uchun ortiqcha toʻlovlarsiz, darajasini oʻzingiz tanlaydigan qulaylik bilan. Zero, baʼzan yangi taassurotlar uchun juda kam narsa kerak boʻladi: boʻsh dam olish kunlari, kichik ryukzak va samolyotga bilet.

