Dubaydan kelgan yoʻlovchi Toshkentga 1,3 milliard soʻmlik oltin va zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga urindi

Dubaydan kelgan yoʻlovchi Toshkentga 1,3 milliard soʻmlik oltin va zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga urindi
Dubay – Toshkent reysi yoʻlovchisi deklaratsiyada koʻrsatmasdan, chegara orqali yirik hajmdagi zargarlik buyumlari va oltin quymalarini olib oʻtishga urindi. Topilgan buyumlarning umumiy qiymati 1,293 milliard soʻmni tashkil etdi.
«Toshkent-AERO» bojxona postida bagaj koʻzdan kechirilganda, umumiy vazni 921,37 gramm boʻlgan 141 dona zargarlik buyumi hamda uchta oltin quymasi aniqlandi.
Bundan tashqari, bagajda aktsiz markasi boʻlmagan 120 quti tamaki mahsuloti va 90 dona nikotinli snyus borligi maʼlum boʻldi.

