Mahalliy

Doniyor Qodirov Prezident administratsiyasidan ketdi. U endi Sirdaryo viloyati hokimi v.b. boʻldi

Taʼlim va ilm fan vaziri lavozimiga koʻtarilgan Erkinjon Turdimov oʻrniga Sirdaryo viloyatiga yangi rahbar tayinladi. Kun.uz aniqlik kiritishicha, viloyat hokimi vazifasini bajarish Doniyor Qodirovga yuklatildi. U hozirgacha Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti rahbari lavozimida ishlayotgandi.

Doniyor Qodirov Prezident administratsiyasidan ketdi. U endi Sirdaryo viloyati hokimi v.b. boʻldi

Doniyor Baxtiyorovich Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U yangi lavozimda Erkinjon Turdimov oʻrnini egalladi – 2025-yil yanvaridan buyon Sirdaryo viloyatini boshqarib kelgan Turdimov shu kunlarda bosh vazirning birinchi oʻrinbosari - taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlangandi.

Doniyor Qodirov avvalroq IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan, 2018-2019 yillarda esa IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

2021-yil yanvarida u prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga oʻtgan, 2023-yil avgustida esa shu yoʻnalishdagi maslahatchi etib tayinlangandi.

2025-yil iyulida Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimini tark etgan va shu paytgacha Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti rahbari sifatida faoliyat yuritayotgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.