Iqtisodiyot

Dollar kursi yana 12 ming so‘mdan tushdi

Dollar kursi yana 12 ming so‘mlik chegaradan pastladi.

Markaziy bankning 3-avgustdan kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatlari eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra:

* **Dollar** 46,21 so‘mga arzonlab, 11 960,18 so‘mni tashkil etdi.

* **Yevro** 3,95 so‘mga qimmatlashib, 13 761,38 so‘mga yetdi.

* **Rubl** 0,02 so‘mga pasayib, 150,42 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar kursi 28,87 so‘mga tushib, 12 006,30 so‘mga tenglashgan edi. Ushbu valyuta kursi oxirgi marta 27-iyul kuni 12 ming so‘mdan pastga tushgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.