“Doktor Aybolit”ning yangi talqinidan ilk kadrlar namoyish etildi

“Doktor Aybolit”ning yangi talqinidan dastlabki kadrlar taqdim etildi
Ma’lum qilinishicha, multfilm Rossiya prokatiga 2027-yil 13-mayda chiqadi.
Syujetga ko‘ra, Aybolit Afrikaga yo‘l oladi va u yerda hayvonlarni sirli epidemiyadan qutqaradi.
Safar chog‘ida doktor qaroqchi Barmaleyning qizi — shaxsiy hayvonot bog‘i uchun jonivorlar yig‘ayotgan Leya bilan tanishib qoladi.
Aybolit bilan suhbat qizaloqning tabiatga munosabatini o‘zgartiradi. Bundan tashqari, Leya o‘z otasini ham tarbiyalashga qaror qiladi.
Aybolit obrazi Korney Chukovskiy asarlarida paydo bo‘lgan, uning prototipi esa ingliz yozuvchisi Hyu Lofting kitoblaridagi doktor Dulittl qahramonidir. Mehribon veterinar haqidagi bu hikoya bir necha bor ekranlashtirilgan. Uning eng mashhur talqinlari orasida 1938-yilgi “Aybolit” va 1984–1985-yillardagi “Doktor Aybolit” kabi sovet filmlari hamda 1966-yilda suratga olingan “Aybolit-66” filmi bor.

