Iqtisodiyot

DM Paper quvvatlari uch barobarga oshiriladi: Angrenda gipsokarton uchun qoplama qogʻoz ishlab chiqaruvchi ikkinchi zavod qurilishi boshlandi

Toʻrt yil davomida sohaning sifat standartlarini shakllantirib kelayotgan korxona sutkasiga 250 tonna quvvatga ega yangi ishlab chiqarishni qurishga kirishdi. 2027-yilga borib DM Paper’ning umumiy quvvatlari 3,5 barobarga oshadi.

DM Paper quvvatlari uch barobarga oshiriladi: Angrenda gipsokarton uchun qoplama qogʻoz ishlab chiqaruvchi ikkinchi zavod qurilishi boshlandi

Oʻzbekistonda gipsokarton uchun qoplama qogʻoz ishlab chiqaruvchi eng yirik mahalliy korxona — DM Paper Toshkent viloyatining Angren shahrida ikkinchi zavodini qurishni boshladi. Loyihaga start berish marosimida Angren shahri hokimi, investor vakillari, xalqaro texnologik hamkorlar hamda Xitoy loyihachi jamoasi qatnashdi.

Yangi zavod sutkasiga 250 tonna qoplama qogʻoz ishlab chiqarishga moʻljallangan bo‘lib, bu Samarqanddagi amaldagi zavod quvvatidan 2,5 barobar yuqori. 2027-yilda yangi ishlab chiqarish ishga tushgach, DM Paper kuniga 350 tonna qogʻoz yetkazib beradi, bu esa butun Markaziy Osiyo gipsokarton qogʻozi bozorining yillik isteʼmoliga teng hajmni anglatadi.

DM Paper zavodi Samarqandda 2022-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, shu davrdan beri Markaziy Osiyodagi sohaning texnologik mezoniga aylangan.

▪ kunlik 100 tonnagacha gipsokarton uchun qoplama qogʻoz ishlab chiqaradi;

▪ 150 xodimni ish bilan taʼminlagan;

▪ oʻz sifat nazorati laboratoriyasiga ega;

▪ xalqaro texnologik jamoa rahbarligida ishlaydi;

▪ uchta xalqaro standart boʻyicha sertifikatlangan: ISO 9001 (sifat menejmenti), ISO 14001 (ekologik menejment) va ISO 45001 (mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligi).

Toʻrt yil davom etgan uzluksiz faoliyat mobaynida DM Paper sohada yetakchi oʻrinni egalladi. Avval gipsokarton qoplama qogʻozining mahalliy ishlab chiqaruvchisi bo‘lmagani sababli mahsulot Oʻzbekistonga import qilinar edi, hozir esa korxona mahsulotlari mamlakatdagi eng yirik gipsokarton ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, u Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Gruziya, Ozarbayjon va boshqa yoʻnalishlarga eksport qilinadi. Bu esa valyutaning chetga chiqishini kamaytirib, aksincha Oʻzbekiston iqtisodiyotiga valyuta kirimini oshirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.