Diyora Keldiyorova ikki yillik tanaffusdan soʻng tatamiga qaytmoqda

Diyora Keldiyorova ikki yillik tanaffusdan soʻng tatamiga qaytmoqda
Parij‑2024 Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ikki yil ichida ilk bor tatamiga chiqadi — u Qozogʻistondagi Aktau Asian Open 2026 turnirida ishtirok etadi.
Bugun, 17 oktyabr kuni Oqtauda dzyudo boʻyicha xalqaro turnir boshlanadi, u 18 oktyabr kuni yakuniga yetadi. Keldiyorova 52 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida roʻyxatdan oʻtgan.
Turnirda Oʻzbekiston sharafini jami 25 nafar sportchi himoya qiladi, ular oʻz vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi. Keldiyorovaning chiqishi oʻzbek dzyudosi ishqibozlari uchun turnirning eng intizorlik bilan kutilayotgan voqealaridan biriga aylanadi.
, germaniyalik mutaxassis Marko Shpitka dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan joy olishi va Keldiyorovani Los-Anjelesdagi 2028 yilgi Olimpiadaga shaxsan tayyorlashi mumkin.

