Boshqa

Disney “Muzlik davri 6” franshizasining yangi kadrini e’lon qildi

Disney "Muzlik davri 6" franshizasining yangi lavhasini namoyish etdi.

Disney "Muzlik davri 6: Qaynash nuqtasi" animatsion filmidan yangi kadrni taqdim etdi. Unda mashhur olmaxon o'zining o'tkir tishlarini va filmlar seriyasi davomida tinmay quvib yuradigan yong'og'ini qo'lida ushlab turganini ko'rish mumkin.

Avvalroq multfilmning ilk posteri va tizeri ham e'lon qilingan edi. Unda qahramonlar vulqon og'zidan otilib chiqayotgani – mamont Menni boshchiligidagi jamoa navbatdagi sarguzashtga duch kelgani tasvirlangan.

Butun dunyoga mashhur multfilmning davomida qadrdon jamoa yana birga: mamont Menni, yalqov Sid, yo'lbars Diyego, mamont Elli va bir ko'zli mangustsimon hayvon Bak. Syujetga ko'ra, hayvonlar dinozavrlar va lava bilan to'la Yo'qolgan dunyoning noma'lum burchaklariga yo'l olishadi.

Bu franshizaning Disney brendi ostidagi ilk to'liq metrajli filmi hisoblanadi: original seriyani yaratgan Blue Sky Studios studiyasi 2021-yilda yopilgan edi.

Ilk "Muzlik davri" 2002-yilda ekranlarga chiqqan va jahon prokatida 383 million dollar ishlab topib, tarixdagi eng kassabop animatsion franshizalardan biriga asos solgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.