“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi.
Surxondaryolik Hojimurod Shoymardonov yetti yildan beri xorijda yashab, turli mamlakatlarda ishlab kelmoqda. Rossiyadan Bolgariyagacha, Turkiyadan Malayziyagacha bo‘lgan ish tajribasi unga xizmat ko‘rsatish sohasi, mehnat migratsiyasi va ta’lim haqida o‘z qarashlarini shakllantirish imkonini bergan. Kun.uz muxbiri suhbatda u chet yeldagi hayotning past-balandliklari va Malayziyadagi faoliyati haqida gapirib berdi..

“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurodning hikoyasi.
Surxondaryo viloyati Boysun tumanidan bo‘lgan Hojimurod Shoymardonov so‘nggi yetti yil davomida xorijda yashab, turli mamlakatlarda ishlamoqda. Rossiyadan Bolgariyagacha, Turkiyadan Malayziyagacha bo‘lgan ish tajribasi unga xizmat ko‘rsatish, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohalarida o‘z fikrlarini shakllantirish imkonini berdi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda u chet eldagi hayotning qiyinchiliklari va Malayziyadagi faoliyati haqida so‘zlab berdi.
Hozirda minglab o‘zbekistonliklar xorijda yaxshi daromad izlab ketmoqda. Ba'zilari qurilishda, boshqalari ishlab chiqarishda, yana kimdir xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat qiladi. Ammo ko‘plab hollarda odamlar faqat topilgan pulga e'tibor qaratadi. O‘sha mablag‘ ortidagi mas’uliyat, ruhiy bosim va tajriba zaruriyati ko‘zga tashlanmaydi. Hojimurodning hikoyasi esa bunday qarashlarni biroz o‘zgartirishi mumkin.
25 yoshli Hojimurod maktabni tamomlagach, oliy ta’limga kira olmaydi. Bir muddat san’at sohasida faoliyat yuritib, ovozlashtirish bilan shug‘ullanadi. Biroq, uning aytishicha, o‘sha paytda bu sohada barqaror daromad topish qiyin bo‘lgan.
“San’atga qiziqishim kuchli edi, dublyaj bilan shug‘ullanardim. Ammo vaqt o‘tishi bilan faqat qiziqish bilan yashab bo‘lmasligini tushundim. Oilaga tayanch bo‘lish, barqaror daromad topish kerak edi. Shu sabab o‘zimni boshqa sohada sinab ko‘rishni boshladim,” – deydi u.
Shundan so‘ng, Hojimurod o‘z qiziqishlariga mos boshqa yo‘nalishda ishlashni boshlaydi. Ammo mahalliy mehnat bozoridagi maoshlar uning kutilmalariga javob bermaydi. Natijada xorijda ishlashga qaror qiladi. Dastlabki manzili Rossiya bo‘ladi. U dastlab oddiy ishchi sifatida mehnat qiladi, rus tilini yaxshi bilgani tufayli keyinchalik logistika kompaniyasiga ishga taklif etiladi.
“Dastlab boshqa migrantlar singari oddiy jismoniy mehnatdan boshladim. O‘sha davr menga intizom va mas’uliyatning ahamiyatini o‘rgatdi. Ish jarayonida rus tilini erkin bilishim e’tiborga tushdi va ko‘p o‘tmay logistika kompaniyasidan taklif oldim. Bu yerda hujjatlar bilan ishlash, yuk tashish zanjirini muvofiqlashtirish, turli millat vakillari bilan muloqot qilish kabi vazifalarni bajardim. O‘shanda bir narsani aniq angladim: xorijda faqat mehnatkash bo‘lishning o‘zi yetarli emas, til bilish va yangi ko‘nikmalarni egallash insonni oddiy ishchidan mutaxassis darajasiga olib chiqadigan eng muhim omillardan biri ekan,” – deydi u.
Rossiyadagi faoliyatidan so‘ng, Hojimurod Bolgariya, Ozarboyjon, BAA va Turkiyada ham ishlab, turli sohalarda tajriba orttiradi. Hozirda esa Malayziyada xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritmoqda. Uning aytishicha, turli mamlakatlarda ishlash kasbiy tajriba bilan bir qatorda, odamlar, madaniyat va mehnatga bo‘lgan munosabatni chuqurroq anglash imkonini ham bergan.
Hozirda Hojimurod o‘zbek, rus, tojik, arab, fors, ingliz, hind va urdu tillarida erkin muloqot qila oladi. Biroq bu qobiliyat bir kunda shakllanmagan. Har bir tilni o‘rganish ortida yuzlab soatlik mehnat, xatolar va muntazam mashq yotadi. Aynan shu mehnat keyinch

