Mahalliy

Daxlsizlik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Oʻzbekistonda daxlsizlik va immunitet huquqiga ega shaxslar doirasi hamda ularga nisbatan ish yuritish tartibiga aniqlik kiritildi. Yangi qonunda daxlsizlik va immunitet huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ham belgilangan.

Daxlsizlik huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

14-oktabr kuni Oʻzbekiston prezidenti imzolagan qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarga nisbatan ish yuritishning alohida tartibi belgilandi.

Daxlsizlikka ega shaxslar qatoriga quyidagilar kiradi: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari; inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman); bolalar huquqlari boʻyicha vakil; sudyalar; prokurorlar, tergovchilar va surishtiruvchilar; advokatlar; Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari; Prezidentlikka nomzodlar (nomzodlik maqomida boʻlgan davrda) va boshqalar.

Prezident Administratsiyasining boshqaruv xodimlari esa ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida Prezident Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun daxlsizlikka ega boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti; Prezident Administratsiyasining mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari immunitetga ega shaxslar hisoblanadi.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasining boshqaruv xodimlari Prezident Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan immunitetga ega.

Parlament aʼzolari esa ovoz berish va fikr bildirish uchun immunitetga ega.

Daxlsizlikka ega shaxsni ushlab turish va huquqni muhofaza qiluvchi organga olib kelish mumkin emas, JPK 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asoslar (shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qoʻlga tushsa) boʻyicha uch soatgacha ushlab turish hollari bundan mustasno.

Daxlsizlikka ega shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun tegishli palata, Prezident yoki boshqa vakolatli organning roziligi talab etiladi. Masalan, deputatlar uchun — tegishli palataning, Prezident Administratsiyasi boshqaruv xodimlari uchun — Bosh prokurorning taqdimnomasi asosida Prezidentning yozma roziligi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.