Davr Bank 25 yoshini xalqaro moliya bozoriga chiqish bilan boshladi
29-sentabr kuni Davr Bank XATB tashkil topganining 25 yilligini nishonlaydi. Bank yubileyini yangi strategik hamkor - Ozarbayjonning eng yirik moliya institutlaridan biri boʻlgan Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) hamda yangi «ABB Davr» brendi bilan kutib olmoqda.

Davr Bank 25 yoshini xalqaro moliya bozoriga chiqish bilan nishonladi
29-sentabr kuni Oʻzbekiston bank tizimining barqaror ishtirokchilaridan biri — Davr Bank xususiy aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilganiga 25 yil toʻldi. Yubiley arafasida bank oʻz tarixida yangi sahifa ochadigan strategik kelishuvga erishdi: Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ishtirokida «ABB Davr» qoʻshma loyihasiga start berildi.
2026-yil 22-avgust kuni Toshkentda IV Oʻzbekiston–Ozarbayjon hududlararo forumi doirasida Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) Boshqaruv raisi Abbos Ibragimov hamda Davr Bank taʼsischisi, Kuzatuv kengashi raisi Lutfulla Ubayev Davr Bank aksiyalarining nazorat paketini sotib olish haqidagi bitimni imzoladi.
Keyingi kuni, 23-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida onlayn shaklda yangi «ABB Davr» bank loyihasini ishga tushirishning rasmiy marosimi oʻtkazildi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bu voqeani mamlakatning yetakchi banklaridan biri Oʻzbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirib kelgani sifatida baholadi.
Kelishuvlarga muvofiq, bank Oʻzbekiston bozorida «ABB Davr» brendi ostida faoliyatini davom ettiradi. Ozarbayjon moliya sektorining yetakchilaridan biri boʻlgan ABB Oʻzbekistonga sinovdan oʻtgan korporativ boshqaruv tizimi, raqamli yechimlar hamda sunʼiy intellektga asoslangan innovatsion loyihalarni olib kirishni rejalashtirmoqda. Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish asosiy ustuvor yoʻnalish boʻladi.
«Ushbu bitim tufayli biz bank xizmatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqdamiz. Yangi hamkorimizning tajribasi, innovatsion texnologiyalar va barqaror kapital Davr Bankgʼka qisqa muddatda mijozlarga eng ilgʻor moliyaviy mahsulotlarni taklif etish imkonini beradi. Bu hamkorlik bank uchun yanada yuqori barqarorlik va kuchli texnologik yuksalish kafolati boʻladi», - deya taʼkidladi Davr Bank taʼsischisi va Kuzatuv kengashi raisi Lutfulla Ubayev.
Oʻz navbatida, ABB boshqaruv raisi Abbos Ibragimov yangi strategik bosqichni aynan qardosh Oʻzbekistonda boshlash bank uchun katta sharaf ekanini qayd etib, loyiha mamlakat iqtisodiyoti va biznesi uchun ishonchli moliyaviy hamkorga aylanishiga ishonch bildirdi.

