Mahalliy

Davlat sirlari bilan bog‘liq obyektlarni qabul qilish tartibi o‘zgardi

Hukumat qaroriga ko‘ra, ayrim obyektlar davlat qabul komissiyasi va ishchi komissiya dalolatnomalari asosida foydalanishga topshiriladi

Davlat sirlari bilan bog‘liq obyektlarni qabul qilish tartibi yangilandi

Hukumatning 560-sonli qarori bilan qurilishi tugallangan obyektlarni topshirish-qabul qilish hamda foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, ayrim hollarda davlat sirlari bilan bog‘liq yoki alohida muhim toifaga kiritilgan obyektlar Vazirlar Mahkamasi hujjatlari asosida bevosita foydalanishga qabul qilinadi. Buning uchun Davlat qabul komissiyasi va buyurtmachilar tomonidan ishchi komissiya tuziladi, tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, tasdiqlanadi.

Qurilishi yakunlangan loyihalar doirasidagi obyektlarni foydalanishga qabul qilish haqidagi dalolatnoma Davlat qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Dalolatnoma rasmiylashtirilishidan oldin Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi qurilish obyektini belgilangan tartibda majburiy nazorat o‘lchovidan o‘tkazadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.