Mahalliy

Davlat organlari formasiga o‘xshash kiyim kiyganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Yangi tartibga ko‘ra, davlat organlari formasiga o‘xshash, ularga xos farqlovchi belgilar yoki ramzlarga ega kiyimlarni

Davlat organlari formasiga o‘xshash kiyim kiyish uchun javobgarlik belgilanmoqda

Qonunchilik palatasi davlat organlarining harbiy yoki idoraviy formasiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash kiyimlardan foydalanish uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, davlat organlari formasiga o‘xshash, ularga xos farqlovchi belgilar yoki ramzlarga ega kiyimlarni joriy etish va ulardan foydalanish uchun javobgarlik belgilanadi.

Bu orqali fuqarolarni chalg‘itish, o‘zini davlat organi xodimi sifatida ko‘rsatish va odamlar ishonchini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish ko‘zda tutilmoqda.

Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.