Mahalliy

Davlat budjetini tuzish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Mahalliy budjetlarga budjet ssudasi ajratish to‘g‘risidagi talabnoma 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi

Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish tartibiga oid qoidalarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi idoraviy hujjatni (ro‘yxat raqami 3558-5, 27.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Ushbu o‘zgartirishlar Budjet kodeksiga kiritilgan normalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga ko‘ra:

* Mahalliy budjetlarni rejalashtirishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining roli kuchaytirildi. Endilikda ular daromadlar prognozi, xarajatlarning dastlabki miqdorlari va budjetlararo transfertlar bo‘yicha takliflarni shakllantirishda muhim vazifalarni bajaradi.

* Budjet so‘rovlaridagi asossiz yoki samaradorligi past xarajatlarni qisqartirish mexanizmi joriy etildi. Tegishli tashkilotlar bildirishnoma olganidan keyin 3 ish kuni ichida yangilangan budjet so‘rovini taqdim etishi shart.

* Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rivojlantirish dasturlari kamida 3 yilga tuziladi. Ularda aniq natija ko‘rsatkichlari va kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik belgilanishi lozim.

* Mahalliy budjetlarga budjet ssudasi ajratish to‘g‘risidagi talabnoma 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Natijasi bo‘yicha arizachiga 1 ish kuni ichida xabar beriladi.

* Davlat moliyasi barqarorligini baholash uchun umumiy fiskal balansni shakllantirish va hisoblash tartibi belgilandi.

Mazkur o‘zgartirishlar budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.