Layfstayl

“Dars” filmining taqdimoti o‘tkaziladi

Film Kontent markazi hamda “MA’NO CINEMA” hamkorligida suratga olingan

“Dars” filmining taqdimoti o‘tkaziladi

Joriy yilning 24-sentyabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tadi.

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchilik kasbi nufuzini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’rifat g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida yaratilgan.

Kontent markazi hamda “MA’NO CINEMA” hamkorligida suratga olingan.

Filmda yoshlar orasida kitobxonlik, ma’rifat va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish g‘oyalari bosh qahramon — Oyqiz obrazi orqali yoritilgan. Shuningdek, ustozning inson kamolotidagi beqiyos o‘rni, ustoz-shogird an’analari, ta’lim-tarbiyaning ahamiyati hamda milliy qadriyatlar asosiy g‘oya sifatida ilgari surilgan.

Filmda insoniylik, mehr-oqibat, milliy qadriyatlar va ustoz-shogird munosabatlari samimiy va hayotiy voqealar orqali talqin etilgan.

25-sentyabrdan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.