Boshqa

Daniyada vikinglar davriga oid katta xazina topildi

Shimoliy Yutlandiyadagi bogʻdan Daniya tarixidagi eng yirik vikinglar davriga oid kumush xazina topildi. Kumushlarning umumiy ogʻirligi 18,5 kilogrammni tashkil etadi va 700 dan ortiq qismlardan iborat.

Daniyada vikinglar davriga oid ulkan xazina topildi. Rebil kommunasida yashovchi bir fuqaro oʻz hovlisida yangi ayvon qurish maqsadida yer qaziyotganida, sopol idish va uning atrofida sochilib yotgan metall buyumlarga duch keldi.

Dastlab u belkuragi eski toʻsiq qoldigʻi yoki sopol boʻlaklariga urilgan deb oʻyladi. Ammo qoʻllari bilan qazishni davom ettirib, kumush taqinchoqlar, tangalar va quymalarni topdi.

Shimoliy Yutlandiya tarixiy muzeyi vakillarining taʼkidlashicha, bu topilma X asrda kumushning qanday ishlatilgani va vikinglarning boyliklarini qanday saqlaganini tushunish uchun muhim ahamiyatga ega. Kumush quymalar idish ichida ogʻirligiga qarab joylashtirilgan boʻlib, bu ularning qiymati ham hisobga olinganini koʻrsatishi mumkin.

Xazina tarkibida arab va angla-sakson tangalari ham mavjud. Angliya tangalari qirol Eduard hukmronligi davrida, yaʼni 899–924-yillarda zarb qilingan. Arab tangalari ham X asrda muomalada boʻlgan. Shu sababli olimlar ushbu xazinani X asrga oid deb hisoblamoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.