Dunyo

Daniyada o‘qituvchilar «jismoniy kuch» ishlatishiga ruxsat berilishi kutilmoqda

Mamlakat maktablarida tajovuzkor va tartibbuzar o‘quvchilar ko‘payib boryapti

Daniyada o‘qituvchilarga «jismoniy kuch» qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin

Daniya parlamenti muhokama qilayotgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, ayrim holatlarda o‘qituvchilarga o‘quvchilarga nisbatan «jismoniy kuch» ishlatishga izn berilishi mumkin.

Qonun qabul qilinsa, o‘qituvchilar muayyan vaziyatlarda o‘quvchilarni jismonan to‘xtatib qolish yoki ular qarshilik ko‘rsatsa ham sinfdan olib chiqib ketish huquqiga ega bo‘ladi.

Vazirning izohiga ko‘ra, bunday choralar faqat o‘quvchilar «o‘zi yoki atrofdagilar hayotiga xavf tug‘dirgan» yoki dars jarayonini «jiddiy ravishda buzgan» hollardagina qo‘llanadi. Alohida qayd etilishicha, bu o‘quvchilarni kaltaklash yoki jismoniy jazolashni anglatmaydi.

«Vaziyat keskinlashganda nima qilish kerakligi haqida o‘qituvchilarda hech qanday shubha qolmasligi kerak. Zo‘ravonlikning oldini olgani uchun ishdan bo‘shab ketishdan qo‘rqadigan birorta ham pedagog bo‘lmasligi shart»,

Mazkur qonun loyihasi mamlakat maktablarida o‘quvchilar orasida tajovuzkorlik va tartibbuzarlik holatlari ortib borayotgani sababli tayyorlangan.

Daniya mehnat inspeksiyasi o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashgan pedagoglarning to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i so‘nggi paytlarda bolalarning beboshliklariga tez-tez duch kelayotganini aytgan. Deyarli har beshta sinfdan bittasida o‘qituvchilarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari kuzatilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.