Mahalliy

«Credit House» ishini apellyatsiyada koʻrish Toshkent viloyat sudiga oʻtkazib yuborildi

Ikki oydan buyon Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida koʻrilayotgan «Credit House» ishi Oliy sud topshirigʻi bilan Toshkent viloyat sudiga oʻtkazildi. Birinchi instansiya sudi 9 nafar sudlanuvchining olti nafarini turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etgan va uch nafarini ochiqda qoldirgan edi. Ish doirasida jabrlanuvchilar ikki ming nafar atrofida, umumiy zarar esa 490 mlrd soʻmdan oshadi.

«Credit House» ishi boʻyicha apellyatsiya jarayoni Toshkent viloyat sudiga koʻchirildi.

Joriy yilning 24-aprelida jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudida “Credit House” va “Infin Story Invest” qurilish kompaniyalari rahbarlariga nisbatan hukm oʻqilgan edi. Ushbu hukm yuzasidan kiritilgan shikoyat boʻyicha ishni koʻrib chiqish 25-iyundan boshlab Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasida boshlangan edi.

Ikki oy oʻtgach, Oliy sud raisi birinchi oʻrinbosari Alisher Usmonovning koʻrsatmasiga binoan, mazkur jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun Toshkent viloyat sudiga oʻtkazildi.

Kun.uz nashri bilan bogʻlangan jabrlanuvchilardan birining soʻzlariga koʻra, sud jinoyat ishining bir hududdan boshqasiga oʻtkazilishi sabablarini tushuntirmagan. Jabrlanuvchining taʼkidlashicha, jinoyat ishi boʻyicha minglab jabrlanuvchilarning aksariyati Toshkent shahrida istiqomat qiladi va bu ularga qoʻshimcha noqulayliklar tugʻdirishi aniq.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yilning eng shov-shuvli firibgarlik ishi deb taʼriflangan “Credit House” ishi boʻyicha jami 9 kishi jinoiy jazoga tortilgan edi.

Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchilarga quyidagicha jazolar tayinlangan:

* **Hikmatullayev Bahrom Behzod oʻgʻli** Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari (firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish) va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) boʻyicha aybdor deb topilib, 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

* **Shamsiddinov Alisher Muhammadiyevich** Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari bilan aybdor deb topilib, BHMning 234,5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

* **Tolipova Klara Nodir qizi** Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari, 170-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari, 189-moddasi 1-qismi va 28,192-11-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari boʻyicha aybdor deb topilib, 6,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ushbu jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.