
Collins lug‘ati 2026-yil so‘zini e’lon qildi
Buyuk Britaniyada chop etiladigan Collins ingliz tili lug‘ati 2026-yilning eng ommalashgan so‘zini tanladi. Bu maqomga
«mogging» (mogging)
so‘zi munosib deb topildi.
«Mogging» — biror kishidan ustun kelish, o‘z jozibasi yoki muvaffaqiyati bilan boshqalarni soyada qoldirishga urinishni anglatadi. Ushbu so‘z yoshlar slengidagi AMOG qisqartmasidan kelib chiqqani taxmin qilinadi.
Lug‘at tuzuvchilarining ta’kidlashicha, «mogging» so‘zi Z va Alfa avlodi vakillari orasida ko‘proq hazil va piching ma’nosida — kimdir boshqa bir insonning soyasida qolib ketgan holatlarni ifodalash uchun qo‘llanmoqda.
Shuningdek, yil so‘zi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatiga «karspreding» (avtobus yoki poyezdda yonma-yon o‘tirganda oyoqlarni keng yoyib, boshqalarga xalaqit berish), «manchesterizm», «issiqlik to‘lqini» va «arvoh-vakansiyalar» (aslida mavjud bo‘lmagan soxta ish o‘rinlari) ham kiritilgan.

