Dunyo

“Choʻntagimga geroin solib qoʻyishdi” – Samarqandda Rossiya armiyasiga yollangan yigit sud zalidan qamoqqa olindi

Kattaqoʻrgʻonlik 27 yoshli yigit ishlash maqsadida Rossiyaga borib, narkojinoyatda ayblangan va 12 yilga qamalgan. Soʻngra qamoqxonada Rossiya fuqaroligini berish va jazodan ozod qilish evaziga Ukrainaga qarshi urushga borishga koʻngan. U sudda narkotik savdosi bilan shugʻullanmaganini, choʻntagiga geroin solib qoʻyib, keyin hujjat rasmiylashtirishganini aytgan.

“Choʻntagimga geroin solib qoʻyishdi” – Samarqandda Rossiya armiyasiga yollangan yigit sud zalidan qamoqqa olindi

Samarqandda Rossiya armiyasiga yollangan yigitga nisbatan jinoiy jazo qoʻllandi.

Sud qaroriga koʻra, Kattaqoʻrgʻon shahrida yashovchi 27 yoshli A.X. 2023-yilda ishlash va pul topish maqsadida Rossiyaga borgan. Keyin u narkotik moddalar savdosida ayblanib, ushlangan va qamalgan. Jazoni oʻtayotgan paytda Rossiya qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzib, Ukrainaga qarshi urushga borishga rozi boʻlgan.

A.X. sudda narkotik modda savdosida nohaq ayblanganini, ikki oylik qiynoqlardan keyin ayblovni tan olishga majbur boʻlganini aytgan.

“Taksichilik qilib yurgan vaqtimda mashinamga Nadejda ismli qiz chiqdi. Manzilga olib ketayotganda suhbatlashib ketib, uning telefon raqamini oldim. Shundan keyin Nadejda bilan tanishib, gaplashib yurdik.

2023-yil taxminan 13-oktabr kuni Nadejda qoʻngʻiroq qilib, Vladivostok shahriga olib borib kelishimni soʻradi. Rozilik berib, uning oldiga bordim. Manzilga qarab yoʻlga chiqdik. Doʻkondan sigaret va suv oldim. Taxminan 1-2 km yurganimdan soʻng chekish uchun yoʻl chetida toʻxtadim. Nadejda bilan birga sigaret chekib turganimizda, fuqarolik kiyimidagi ikki kishi kelib, bizni yerga yiqitdi va ustimizga chiqib oldi.

Nadejdaning choʻntagidan 15 gramm geroin olishdi. Soʻng oʻsha geroinni mening ham choʻntagimga solib qoʻyib, goʻyoki yonimdan narkotik modda topilgandek videoga olishdi hamda hujjatlarni rasmiylashtirishdi.

Sud 2023-yil oktabrdan 2025-yil mart oyigacha davom etdi. Jinoyat ishlari boʻyicha Vladivostok shahar sudining hukmi bilan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, degan A.X. oʻz koʻrsatmasida.

Shundan soʻng uni Krasnoyarsk shahridagi jazoni ijro etish muassasasiga olib borishgan. Jazoni oʻtayotgan davrda Rossiya mudofaa vazirligining masʼul xodimlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashsa, Rossiya fuqaroligi berilishi, jazo muddatidan ozod etilishi, shuningdek katta miqdorda pul toʻlanishini vaʼda qilishgan.

A.X. 2025-yil 9-dekabr kuni Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishga rozilik bildirgan va bir yillik shartnoma imzolagan.

“Meni va yana 20 nafar turli millat vakillarini harbiy mashinaga chiqarishdi. 1 sutka yoʻl yurib, harbiy aeroportga bordik. Samolyotda uchib, Rostov shahriga yetib keldik. U yerda bizni boshqa harbiylar kutib olishdi. Men va 65 nafar shaxsni ajratib olib, harbiy mashinaga chiqarishdi hamda harbiy poligonga olib borishdi.”

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.