Chorsu Manar: kelajak poydevoriga qoʻyilgan birinchi tosh va avlodlarga maktub
2026 yil 19 oktyabr kuni Toshkentning tarixiy markazida Chorsu Manar koʻp tarmoqli kompleksining birinchi toshini qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Kelajakdagi bino poydevoriga poytaxtning 2126 yildagi aholisiga yoʻllangan maktub solingan vaqt kapsulasining joylashtirilishi ramziy voqeaga aylandi.

Chorsu Manar: kelajak poydeporiga qoʻyilgan ilk tosh va avlodlarga joslangan maktub
Ilgari mashhur «Chorsu» mehmonxonasi joylashgan qurilish maydonchasida poytaxtning eng yirik developerlik loyihalaridan birini amalga oshirayotgan MANAR Development kompaniyasi vakillari yigʻildilar. Marosim doirasida kompaniya rahbari Davron Fayzimatov soʻzga chiqib, loyihaning shahar uchun ahamiyati, uning merosi hamda bugungi avlodning kelajak oldidagi masʼuliyati haqida gapirdi.
Marosimda vaqt kapsulasini joylashtirish alohida oʻrin egalladi. Kapsula ichiga uch tilda — oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan maktub joylandi. U ropa-rosa yuz yildan keyin Toshkentda yashaydigan avlodlarga qaratilgan.
«Biz shunchaki yangi loyiha barpo etmayotganimizni anglab turibmiz. Bu — Toshkent uchun oʻz tarixi, xotirasi va alohida ahamiyatiga ega boʻlgan makondir. Yuz yildan soʻng siz mutlaqo boshqa dunyoda, yangi texnologiyalar va imkoniyatlar davrida yashaysiz. U qanday boʻlishini bilmaymiz, ammo eng muhimi oʻzgarishsiz qolishiga umid qilamiz: odamlar intilishda, yaratishda, rivojlanishda va yaqinlariga gʻamxoʻrlik qilishda davom etadilar hamda oʻzidan keyin noyob meros qoldiradilar. Va bizning loyihamiz shahar tarixining bir qismiga hamda kelajak odamlari uchun faxr manbaiga aylanishiga ishongimiz keladi…»
— deyiladi Davron Fayzimatov marosim ishtirokchilariga oʻqib eshittirgan maktubda.
Ushbu murojaatnomaning asosiy gʻoyasi — avlodlar vorisligi va oʻzidan shunchaki binolarni emas, balki undan-da buyukroq narsani: shahar tarixi va uning aholisi hayotining bir qismiga aylanishga qodir makonni qoldirishga intilishdir. Bunday murojaat uchun joy tanlanishi alohida ramziy maʼnoga ega. Oʻn yillar davomida «Chorsu» mehmonxonasi eski Toshkentning meʼmoriy dominantlaridan biri boʻlib kelgan. Endi bu yerda shahar tarixining yangi sahifasi boshlanmoqda.
Chorsu Manar loyihasi umumiy maydoni 100 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan zamonaviy koʻp tarmoqli majmuani yaratishni nazarda tutadi. Unga turar joy maydonlari, biznes-markaz, savdo galereyalari, jamoat zonalari va xalqaro darajadagi mehmonxona infratuzilmasi kiradi.
Loyihaning asosiy elementlaridan biri Radisson brendi ostidagi mehmonxona majmuasi boʻladi. Yangi makonni poytaxtning eng qadimiy va eng taniqli tumanlaridan biri boʻlmish Chorsuning tarixiy muhitiga uygʻunlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chorsu Manar kontseptsiyasi hududning anʼanaviy oʻzligini arxitektura, qulaylik va shahar infratuzilmasiga qoʻyiladigan zamonaviy talablar bilan uygʻunlashtirishga asoslangan.

