Mahalliy

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlarini sotgani uchun ikki yilga qamaldi

Chiroqchi tumanida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlarini ajratish evaziga pul talab qilgani uchun 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari berish evaziga pul so‘ragan maktab direktori 2 yilga qamaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2022-yil iyunidan beri tumandagi maktablardan birida direktor lavozimida ishlab kelgan.

Joriy yil may oyida maktabning fan o‘qituvchisi 2026/2027-o‘quv yilida dars soatlarini ko‘paytirishni so‘rab direktorga murojaat qilgan. Rahbar avvaliga bunga rozi bo‘lmagan, biroq 1000 dollar bersa, qo‘shimcha dars soati ajratilishiga yordam berishini aytgan. O‘qituvchi oilaviy sharoitini tushuntirgach, direktor masalani 700 dollarga hal qilishga ko‘ngan.

Shundan so‘ng o‘qituvchi direktorning uyiga borib, unga avans sifatida 50 dollar bergan va bu haqda Bosh prokuratura departamentining Chiroqchi tumani bo‘limiga xabar qilgan.

Murojaat asosida tezkor tadbir o‘tkazilib, rahbar ushlangan.

Sud jarayonida direktor pulni dars soatlarini ko‘paytirish evaziga emas, balki qarz sifatida olganini aytib, yengillik so‘ragan.

Fuqaro Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, u 2 yil davomida ta’lim muassasalarida rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.