Mahalliy

Chingiz Aytmatov koʻchasidagi taʼmirlash ishlari 88-sonli avtobus yoʻnalishini oʻzgartiradi

Chingiz Aytmatov koʻchasidagi taʼmirlash ishlari 88-avtobus yoʻnalishini oʻzgartiradi

Toshkentda 88-avtobus yoʻnalishi vaqtinchalik oʻzgartiriladi. Bu Chingiz Aytmatov koʻchasidagi kommunal taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq.

"M. Yusuf" oxirgi bekatiga borish yoʻlida avtobuslar Chingiz Aytmatov koʻchasining bir qismini aylanib oʻtib, Kichik halqa yoʻli, Oqqoʻrgʻon, Mustaqillik va Parkent koʻchalari orqali harakatlanadi.

Ushbu koʻchalarda transport oqimi ortishi sababli tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti uzayishi, zarurat tugʻilganda esa yoʻnalish chizmasiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Yoʻlovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.