Mahalliy

Chilonzorda skuter va Nexia-3 toʻqnashdi

22-sentabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida Drongo rusumli skuter va Nexia-3 avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Chilonzorda skuter va Nexia-3 toʻqnashuvi yuz berdi

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, hodisa soat 14:00 larda Afrosiyob va Beshyogʻoch koʻchalari kesishmasida sodir boʻlgan.

1983-yilda tugʻilgan haydovchi Drongo skuterida chorrahadan chapga burilayotgan paytda asosiy yoʻldan kelayotgan Nexia-3 avtomobili bilan toʻqnashgan. Avtomobilni 2004-yilda tugʻilgan haydovchi boshqargan.

Rasmiy axborotda hodisa oqibatida jabrlanganlar bor-yoʻqligi haqida maʼlumot keltirilmagan.

Hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.