Dunyo

Chexiyada 11 tonna oltin zaxirasiga ega kon aniqlandi

Chexiyaning shimoli-sharqidagi Zlate-Gori shahri yaqinida qariyb 11 tonna oltin zaxiralariga ega kon topildi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, konni oʻzlashtirish muddati 15 yilni tashkil etadi: uch yil tayyorgarlik ishlariga, 10 yil qazib olishga, yana ikki yil esa hududni yopish va yerlarni qayta tiklashga ajratiladi.

Chexiyada 11 tonna oltin zaxirasiga ega kon topildi

Chexiyaning shimoli-sharqidagi Zlate-Gori shahri yaqinida yirik kon aniqlandi. Davlatga qarashli DIAMO korxonasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, kon tarkibida qariyb 11 tonna oltin zaxirasi mavjud.

Kon hududidagi rudalarda oltindan tashqari mis va rux ham bor. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, yiliga 200 ming tonna rudani qayta ishlash orqali 265 tonna mis va 1556 tonna rux ajratib olish mumkin. Ayni paytda kon tarkibida galliy bor-yo‘qligi ham tekshirilmoqda.

Loyihaga muvofiq, kon 10 yil davomida ishlashi rejalashtirilgan. Biroq loyihaning umumiy muddati 15 yilni tashkil etadi: uch yil tayyorgarlik ishlariga, 10 yil qazib olishga, yana ikki yil esa konni yopish va yerlarni qayta tiklashga ajratiladi. Qo‘shimcha geologik qidiruvlar natijasida yangi zaxiralar aniqlansa, konning ishlash muddati uzaytirilishi mumkin.

Bundan tashqari, loyiha doirasida hududni rivojlantirish uchun qo‘shimcha investitsiyalar jalb etish ham ko‘zda tutilgan. Ammo ularning miqdori va yo‘nalishlari hozircha belgilanmagan. Shunga qaramay, konni ishga tushirish bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. Buning uchun batafsil tadqiqotlar va qo‘shimcha geologik qidiruv ishlari o‘tkazilishi, shuningdek, konchilik faoliyatining atrof-muhitga taʼsiri baholanishi kerak. Xususan, mutaxassislar suv manbalariga ehtimoliy taʼsir, shovqin va chang darajasi, yo‘llarga tushadigan yuklama hamda portlatish ishlarining xavfsizligini o‘rganishi lozim bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.