Sport

«Chelsi» yanvarda Abduqodir Husanovni sotib olishni rejalashtirmoqda

«Chelsi» yanvarda Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi

«Chelsi» yanvardagi transfer oynasigacha «Manchester Siti»ning oʻzbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovni diqqat bilan kuzatib bormoqchi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manba bergan maʼlumotga koʻra, «Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi qoʻl ostida Husanov tez-tez zaxira oʻrindigʻida qolib ketishi mumkin. Aynan shu holat «Chelsi»ni 22 yoshli futbolchini yanada sinchiklab kuzatishga majbur qildi. Shuningdek, Husanovga Premyer-liganing yana uchta klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingan, biroq ularning nomlari hozircha oshkor etilmagan.

Joriy mavsumda Husanov «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda oltita oʻyin oʻtkazdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha moʻljallangan.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Husanovning transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.