Chegirmali narxda bo‘lsa-da xarid qilish tavsiya etilmaydigan buyumlar (foto)

Chegirmalar mavsumida ham xarid qilish tavsiya etilmaydigan buyumlar (foto)
Mavsumiy chegirmalar xarid qilish uchun eng qulay fursat hisoblanadi. Ba'zilar qimmatbaho bluzkalarni arzon narxda sotib olish imkoniyatidan foydalansa, boshqalar bir uyum kiyim-kechak yoki kosmetikani arzimas pulga qo‘lga kiritishdan xursand bo‘ladi. Biroq, shunday narsalar borki, ularni sotib olish ko‘pincha pulni behuda sarflashga olib keladi. Quyida bu haqda batafsilroq to‘xtalamiz.
**Qimmatbaho pomada**
Foto: adme.media
Hashamatli segmentdagi qimmatbaho lab bo‘yog‘ini sotib olish – pulni shamolga sovurish bilan barobar. To‘g‘ri, lab bo‘yog‘i kerakli narsa. Ammo unga juda katta mablag‘ sarflaganingizni sizdan boshqa kim biladi? Axir, lab bo‘yog‘ining asosiy maqsadi lablarni ta'kidlash bo‘lishi kerak, hamkasblar oldida maqtanish uchun sumkadan chiqariladigan moda aksessuari emas.
**Dizaynerlik jinsi shimlar**
Foto: adme.media
Jinsilar deyarli har bir ayol shkafining asosiy elementidir. Ularning jozibadorligi tushunarli: ular qulay. Jinsilar hashamatli yorliq bilan emas, balki mos kelishi va sifati bilan tanlanishi kerak. Shuning uchun, agar sizga ham dizaynerlik, ham oddiyroq model yoqqan bo‘lsa, ikkilanmang va arzonini oling.
**Qimmat tirnoq bo‘yog‘i**
Foto: adme.media
Haqiqat shundaki, qimmatbaho tirnoq laklari yaratilish texnologiyasi jihatidan arzonrog‘idan deyarli farq qilmaydi. Ma'lum bo‘lishicha, qimmat mahsulot va oddiyrog‘i o‘rtasidagi farq asosan qadoqlashda bo‘ladi. Hashamatli segmentdagi shishalar yanada chiroyli ko‘rinadi, ularning cho‘tkalari yanada sifatli bo‘lishi mumkin, ammo ranglar va texnologiyalarda unchalik katta farq yo‘q.
**Bir marta kiyiladigan kiyim**
Foto: adme.media
Har bir ayolning ma'lum bir voqea uchun (to‘y, yubiley yoki ziyofat) zudlik bilan biror narsa sotib olishi kerak bo‘lgan paytlari bo‘ladi. Bunday kiyimlarni sotib olishda ham oqilona munosabatda bo‘lishingiz kerak. Ushbu garderob buyumlari odatda bir martadan ortiq kiyilmaydi va anchagacha shkafda yotadi.
**Oq shim yoki oq yubka**
Foto: adme.media
Ularga darhol "yo‘q" degan ma'qul. Chunki oq shim yoki oq yubkani toza saqlashning iloji yo‘q. Hatto eng kichik dog‘lar ham yaqqol ko‘rinadi. Ammo oq rangni yaxshi ko‘rsangiz va bunday kiyimlardan voz kechishga tayyor bo‘lmasangiz, unda hech bo‘lmaganda matolariga e'tibor berishingiz kerak: ipak yoki zig‘ir tolalini emas, balki sintetika qo‘shilgan jinsi yoki paxtalisini tanlang.
**Dizaynerlik shoperlar**
Foto: adme.media
Dizaynerlik sumkasiga ko‘p pul sarflaganingizda, uning sifati muhim: material, aksessuarlar. Ammo hozirda tobora ko‘proq taniqli moda uylari o‘z brendi ostida arzonroq sumkalarni chiqarmoqda. Mashhur logotiplar bilan bezatilgan bo‘lsa-da, aslida oddiy shoperligicha qoladi. Mashhur modalar uyidan bo‘lmasa ham, sifatli charm sumkaga pul sarflagan ma'qul.
**Arzon aksessuarlar**
Foto: adme.media
Arzon aksessuarlarni hatto chegirmada ham sotib olmaslik kerak: ularning metalli tezda qorayadi, bezaklari tushib ketadi va yo‘qoladi. 1-2 ta yuqori sifatli (zargarlik buyumlari bo‘lishi shart emas) taqinchoqlarning o‘zi ham yetadi.
**Atelyega beriladigan narsalar**
Foto: adme.media
Sizga ajoyib shimlar yoqdi, lekin bitta muammo bor: ular juda uzun va kiyishdan oldin atelyega berib, o‘zgartirish kerak. Darhol sotib ololmaydigan va kiyib bo‘lmaydigan bunday narsalar shkafingizda yillab yotishi mumkin.
**Bir nechta tugmali romperlar**
Foto: adme.media
Agar hojatxonaga borish uchun ko‘plab ilgak va tugmalarini yechishingiz kerak bo‘lgan libosingiz bo‘lsa, har kuni bunday kiyimni kiyishingiz dargumon. Bunga kombinezon va shimlar kiradi. Birovning yordamisiz bunday kiyimlarni yechish yoki qayta kiyishning iloji yo‘q.
**Yuvib bo‘lmaydigan narsalar**
Foto: adme.media
Bluzka, ko‘ylak yoki shim sotib olayotganda yorliqdagi tavsiyalarga e'tibor berishni unutmang. Yuvish taqiqlangan va faqat quruq holda tozalanishi mumkin bo‘lgan narsalar mavjud. Agar ularni tez-tez kiyishni rejalashtirsangiz, bunday buyumlar juda qimmatga tushadi. Ko‘pincha, bu qattiq matoga yoki burmali tuzilishga ega bo‘lgan qimmatbaho tabiiy matolardan (ipak, jun) tayyorlangan mahsulotlar bo‘ladi. Bunday narsalarni sotib olishdan oldin ijobiy va salbiy tomonlarini ham diqqat bilan o‘rganishingiz kerak.

