«Byulletenda mening nomim yöq edi» – Tramp respublikaçilar mağlubiyati haqida
U natijani öz şaxsiy mağlubiyati sifatida qabul qilmasligini taʼkidlagan. Partiya mağlubiyatiga esa benzin narxlari sabab bölganini aytgan.

«Byulletenda mening nomim yo‘q edi» – Tramp respublikachilar mag‘lubiyati haqida
AQSh prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlardan so‘ng Fox News telekanaliga intervyu berdi. Quyida uning asosiy so‘zlari keltiriladi.
Matn to‘liq iqtiboslar to‘plami emas: prezidentning gaplari qisqartirilgan va umumlashtirilgan. Shunga qaramay, mazmuni va ma’nosi to‘liq saqlangan.
Men biroz hayronman, ular [respublikachilar] bundan yaxshiroq natija ko‘rsatadi deb o‘ylagandim. Agar ular men bilan ishlashni istasa, men demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyorman.
Veto huquqi bor — bu prezidentning eng kuchli qurollaridan biri. Agar ular menga imzolash uchun qandaydir ahmoqona narsani yuborsa, men veto qo‘yaman. Bir-ikki oy o‘tib, men buni bir necha marta qilganimdan keyin, ular o‘zlari qo‘ng‘iroq qilib, nima qilish kerakligini so‘raydi. Shunda biz birga ishlaymiz. Menimcha, demokratlar yaxshi ishlaydi. Ular juda uzoq va qattiq kurash olib borishdi.
Bizning iqtisodiyotimiz kuchli, ammo benzin narxi sabab odamlar buni ko‘rmayapti. Odamlarga men Eron bilan qilayotgan ishlar ma’qul, ammo ularga qisqa muddatli oqibatlar yoqmaydi. Buni tushunaman.
Nomzodlar yoqmagani uchun odamlar respublikachilarga ovoz bermadi. Ularning ayrimlari menga qarshi chiqqan edi. Men natijani o‘z mag‘lubiyatim deb hisoblamayapman. Byulletenlarda mening nomim yo‘q edi.
Men ko‘p yaxshi ishlar qildim, ammo hozir vaziyat shunday. Yaxshi yoki yomon prezident bo‘lishing, demokrat yoki respublikachi, erkak yoki ayol ekaning muhim emas — oraliq saylovlarda baribir yutqazasan.

