BYD e-Mobility Festa Special Offer 2026
2026-yil 1–4-oktabr kunlari Tashkent City Park’da BYD e-Mobility Festa 2026 festivalining uchinchi mavsumi boʻlib oʻtadi. Tadbir BYD’ning yangi energiya avtomobillari, texnologik namoyishlari, modellar ekspozitsiyalari, interaktiv zonalari va test-drayv imkoniyatlarini bir maydonda birlashtiradi.

**BYD e-Mobility Festa Special Offer 2026**
Festival mehmonlarga zamonaviy elektr va plug-in gibrid texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, avtomobillarni taqqoslash, mutaxassislardan maslahat olish hamda xarid bo‘yicha keyingi amaliy qadamlarni tadbir joyining o‘zida rejalashtirish imkonini beradi.
BYD e-Mobility Festa Special Offer doirasida 1-oktabrdan boshlab BYD CHAZOR UzPride va BYD YUAN UP DM-i modellari uchun maxsus moliyalashtirish shartlari amal qiladi. Taklif mijozlarga to‘lov usullarini o‘z xarid rejalariga mos ravishda tanlash imkonini beradi.
Boshlang‘ich to‘lov miqdori 25% dan 60% gacha bo‘lib, 12 va 18 oy muddatlarda istalgan boshlang‘ich to‘lov bilan 0,0% ustama asosida bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.
Shuningdek, 40% boshlang‘ich to‘lov bilan 24 oyga, 50% boshlang‘ich to‘lov bilan 30 oyga hamda 60% boshlang‘ich to‘lov bilan 36 oygacha 0,0% ustama asosida bo‘lib to‘lash shartlaridan foydalanish mumkin.
Festival hududida dilerlik tarmog‘i va moliyaviy hamkorlar vakillari mijozlarga model, komplektatsiya, boshlang‘ich to‘lov, muddat va ariza topshirish jarayoni bo‘yicha maslahat beradi.
Taklif BYD’ning barcha rasmiy dilerlarida amal qiladi. Mijozlar festival davomida avtomobil bilan tanishish, test-drayvga yozilish va tanlangan model bo‘yicha moliyalashtirish variantini aniqlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
BYD e-Mobility Festa 2026 festivalida BYD SEALION 6 EV va BYD Ti 7 modellarining O‘zbekiston bozoridagi dastlabki namoyishi, YANGWANG U9 elektr superkari, DENZA B5 va B8 yo‘ltanlamaslari, shuningdek, BYD’ning tanilgan va kutilayotgan modellari taqdim etiladi. Tadbir formatida avtomobil ekspozitsiyasi, texnologik zonalar, interaktiv maydonlar va kechki sahna dasturlari jamlangan.
Festivalning uchinchi mavsumi BYD’ning O‘zbekistondagi yangi mobillik ekotizimini keng auditoriyaga yaqinlashtirishga qaratilgan. Bu format mehmonlarga texnologiyani ko‘rish, avtomobilni his qilish va xarid jarayonini tushunarli moliyaviy yechimlar bilan davom ettirish imkonini beradi.

