BYD e-Mobility Festa 2026: texnologiyalar va yangi mobillik makonining uchinchi mavsumi
Festivalning uchinchi mavsumi Oʻzbekistondagi premyeralar, texnologik namoyishlar, interaktiv maydonlar va keng koʻlamli sahna dasturini birlashtiradi.

BYD e-Mobility Festa 2026: texnologiyalar va yangi mobillik makonining uchinchi mavsumi
2026-yil 1–4-oktabr kunlari Tashkent City Park’da BYD e-Mobility Festa 2026 festivalining uchinchi mavsumi boʻlib oʻtadi. Toʻrt kun davomida bir maydonda avtomobil premeralari, BYD texnologiyalari namoyishlari, interaktiv zonalar hamda oʻzbek estradasining taniqli sanʼatkorlari ishtirokidagi kechki shoular jamlanadi.
Festival zamonaviy mobillik bilan bosqichma-bosqich tanishish imkonini beradigan yoʻnalish asosida tashkil etilgan. Mehmonlar avtomobillarni statik ekspozitsiyada ham, harakatda ham koʻrishlari, elektr va plug-in gibrid tizimlarning ishlash tamoyillari bilan tanishishlari, mutaxassislarga savollar berishlari hamda avtomobil xarid qilish boʻyicha maslahat olishlari mumkin.
Model ekspozitsiyasining markazida Oʻzbekiston bozoriga chiqarishga tayyorlanayotgan ikkita yangi model — BYD SEALION 6 EV va BYD Ti 7 joy oladi. Ular savdo boshlanishidan oldin dastlabki tanishtiruv formatida namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar avtomobillarning dizayni, salon kengligi va raqamli funksiyalarini baholashlari, shuningdek, ushbu modellarning kelgusida bozorda mavjud boʻlishi haqida dastlabki maʼlumotlarga ega boʻlishlari mumkin.
Ekspozitsiya BYD’ning allaqachon tanilgan va kutilayotgan modellari bilan ham boyitiladi. Ular orasida SONG PLUS DM-i UzPride, CHAZOR UzPride, YUAN UP EV, YUAN UP DM-i, SEAL 6, SEALION 7 va ATTO 8 bor. Modellarning bir maydonda namoyish etilishi shahar elektromobillari, oilaviy krossoverlar va plug-in gibridlarni oʻzaro taqqoslash imkonini beradi.
Festivalning asosiy texnologik voqealaridan biri YANGWANG U9 modelining Oʻzbekistondagi ilk namoyishi boʻladi. Qariyb 1 300 ot kүchiga ega elektr superkar 100 km/soat tezlikka 2,36 soniyada erishadi. Toʻrtta mustaqil boshqariladigan elektromotorga ega e4 platformasi hamda DiSus-X osma tizimi avtomobilni harakat vaqtida aniq boshqarishni taʼminlaydi. Quvvati 3 000 ot kүchidan ortiq boʻlgan rekordchi U9 Xtreme versiyasi 2025-yil sentabr oyida 496,22 km/soat tezlikka erishdi va BYD maʼlumotiga koʻra, seriyali avtomobillar orasida tezlik boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi. Avtomobil Nürburgring Nordschleife trassasini 6 daqiqa 59,157 soniyada bosib oʻtib, yetti daqiqadan kam natija qayd etdi.

