Iqtisodiyot

BYD 183 mingdan ortiq avtomobiliga qoʻshimcha texnik xizmat koʻrsatadi

BYD kompaniyasi 2014-yildan 2022-yilgacha Xitoy ichki bozori uchun ishlab chiqargan 183 ming 211 ta avtomobiliga qoʻshimcha xizmat koʻrsatadi. Bunga tormoz tizimida aniqlangan nuqsonlar sabab boʻlgan. Chaqirib olish Qin va Tang seriyasidagi modelllarni oʻz ichiga oladi.

BYD 183 mingdan ortiq avtomobiliga qoʻshimcha texnik xizmat koʻrsatadi

Xitoyning BYD kompaniyasi tormoz tizimidagi nuqsonlar sabab 183 mingdan ziyod avtomobilini texnik xizmatga chaqiradi.

Xitoy regulyatori bergan maʼlumotga koʻra, qoʻshimcha xizmat ko‘rsatish dasturi faqat Xitoy ichki bozori uchun 2014-yildan 2022-yilgacha ishlab chiqarilgan quyidagi modellarni qamrab oladi: 2015-yil 28-martdan 2018-yil 21-dekabrgacha ishlab chiqarilgan 58 ming 26 ta Tang seriyasi, 2018-yil 19-maydan 2022-yil 14-yanvargacha ishlab chiqarilgan 77 ming 846 ta yangi avlod Tang DM, 2018-yil 27-dekabrdan 2021-yil 25-oktabrgacha ishlab chiqarilgan 7 ming 23 ta yangi avlod Tang EV hamda 2014-yil 27-iyundan 2019-yil 9-iyungacha ishlab chiqarilgan 40 ming 316 ta Qin seriyasidagi avtomobillar. Chaqirib olinayotgan avtomobillarning umumiy soni 183 ming 211 tani tashkil etadi.

Tekshiruvlar natijasida tormoz pedalini cheklovchi maxsus detal materiali ishlab chiqarish nuqsoniga ega ekani aniqlangan. Avtomobildan uzoq vaqt foydalanilganda ushbu detal yorilishi yoki sinib, joyidan chiqib ketishi mumkin. Eng xavfli tomoni shundaki, detal ishdan chiqqanida haydovchi tormoz pedalini bosmagan bo‘lsa ham, mashinaning orqa tormoz chiroqlari uzluksiz yonib turaveradi. Bu esa orqadan kelayotgan boshqa haydovchilarga noto‘g‘ri signal berib, yo‘llarda jiddiy avariya holatlariga sabab bo‘lishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.