Sport

Buyuk Britaniya 2042-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi — The Times

**Buyuk Britaniya 2042-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini o‘z hududida o‘tkazishni rejalashtirmoqda – The Times**

Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Bernhem 2042-yilda futbol bo‘yicha Jahon chempionatini Birlashgan Qirollikda o‘tkazish taklifini ilgari surdi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Bernhem bu g‘oyani Manchesterdagi yangi bosh vazir ofisida shahar merlari bilan uchrashuvda muhokama qilgan. Hukumat rahbari turnirni o‘tkazish uchun ariza topshirish imkoniyatini Angliya futbol assotsiatsiyasi va Angliya Premyer Ligasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

The Times xabariga ko‘ra, Bernhem hukumati 2040-yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun ham ariza berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, Bernhem musobaqalarni Buyuk Britaniyaning shimoliy shaharlarida tashkil etishni istaydi. Bu orqali hududlarda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsad qilingan. Bernhem avvalroq Buyuk Manchester meri lavozimida ishlagan paytida ham hukumatni Olimpiya o‘yinlarini Angliya shimolida o‘tkazishga chaqirgan edi.

Angliya o‘z tarixida futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bir marta, 1966-yilda mezbonlik qilgan. Aynan o‘sha turnirda mezbonlar mundiallardagi yagona g‘alabasini qo‘lga kiritgan.

So‘nggi futbol bo‘yicha Jahon chempionati joriy yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tdi va unda Angliya terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Keyingi turnir 2030-yilda Ispaniya, Portugaliya va Marokashda tashkil etiladi. Guruh bosqichining bittadan uchrashuvi Argentina, Urugvay va Paragvayda ham o‘tkaziladi. 2034-yilda esa Jahon chempionati Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Mundiallar reglamentiga ko‘ra, 2038-yilgi JCHga Yevropa qit’asi mamlakatlari mezbonlik qila olmaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.