Mahalliy

“Buxoroning 2500 yillik tarixida bugungidek rivojlanish boʻlmagan” - Botir Zaripov

Buxoro viloyati hokimi yil oxirigacha viloyatda kambagʻallik va ishsizlik koʻrsatkichini nolga tushirish boʻyicha prezidentga vaʼda berdi. Shavkat Mirziyoyev erishilgan natijalar yuksakligini eʼtirof etish bilan birga, hali qilinishi kerak boʻlgan ishlar juda koʻpligini taʼkidladi.

“Buxoroning 2500 yillik tarixida bugungidek rivojlanish kuzatilmagan” – Botir Zaripov

Oʻzbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev umumiy qiymati qariyb 50 trillion soʻmga teng obyektlarni foydalanishga topshirdi.

Tantanali marosimda telekoʻprik orqali davlat rahbari bilan muloqot qilgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro tarixida hozirgidek rivojlanish hech qachon boʻlmaganini taʼkidladi.

“Ruxsat bersangiz, men ham ozgina iqtisodiy raqamlarga toʻxtalsam. Mana, bu yerda tarixchilar, oqsoqollar oʻtiribdi, Buxoroning 2500 yillik tarixini koʻtarganda ham bugungi kundagidek rivojlanish boʻlmagan, hurmatli Prezident.

Tarixiy obidalarni tiklash uchun mablagʻlar ajratganligingiz, Mir Arab, Ark, Minorayi Kalon kabi xalqimizning durdonalarini saqlash boʻyicha mablagʻlar ajratib... Bugungi kunda butun dunyo lol qolyapti, chet ellardan kelgan turistlar ham mana shularni qayta restavratsiya boʻlib tiklanganini koʻrib hayron qolishyapti, hurmatli Prezident”, – dedi viloyat rahbari.

Botir Zaripov yil yakunigacha Buxoro viloyatida kambagʻallik va ishsizlikka barham berishga vaʼda berdi.

“Sizning islohotlaringiz natijasida biz yalpi hududiy mahsulotimizni 10 foizga oshirish boʻyicha oʻzimizga majburiyatni oldik. 12 trillion soʻm kredit resurslarini berdingiz. Nima yetmaydi degan savolni berdingiz. Men tan olib aytdim, hurmatli Prezident, faqat biz hokimlar boshchiligida, pastga tushib, kambagʻallik va ishsizlikni nol qilish boʻyicha siz yaratib bergan imkoniyat, imtiyoz, sharoitlardan foydalanib, bemalol imkoniyati bor: Buxoroda yil yakunigacha kambagʻallik, ishsizlik boʻlmaydi, hurmatli Prezident”, – dedi u.

Prezident Shavkat Mirziyoyev erishilgan yuksak natijalarni eʼtirof etish bilan birga, hali qilinadigan ishlar koʻpligini taʼkidladi.

“Bu – juda katta marra. Bir paytlar Buxoroda [faqat] tomga paxta ekilmagan edi. Suv yoʻq edi, yoʻl yoʻq edi. Birinchilar boʻlib suvga qancha pul berdik, yoʻlga qancha pul berdik. Buni tushungan odam tushunadi. Bir narsani bilishimiz kerak: albatta, erishgan natijalarimiz yuksak va ular bizniki, lekin hali ishlarimiz juda koʻp”, – dedi davlat rahbari.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.