Mahalliy

Buxoroda talaba qizga shilqimlik qilgan tyutor uch sutkaga qamaldi

Buxoroda talaba qizga shilqimlik qilgan tyutor uch sutkaga qamaldi

Buxoroda tunda talaba qizga qo‘ng‘iroq qilib, uni oraliq nazoratlardan o‘tkazib qo‘yishini aytgan holda shilqimlik qilgan universitet tyutori 3 sutkaga qamaldi.

Voqea 2026-yil 14-avgust kuni taxminan soat 22:00 da sodir bo‘lgan. Buxoro shahridagi universitetlardan birida tyutor sifatida ishlovchi A.A. o‘zi rahbarlik qiladigan guruhdagi talabaga qo‘ng‘iroq qilgan. Suhbat chog‘ida u qizni oraliq nazoratlardan o‘tkazib qo‘yishini aytib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.

Qiz erkakning gaplaridan cho‘chib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishini bildirgan. Shunga qaramay, A.A. qo‘ng‘iroq qilishda davom etib, talabaning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi nomaqbul so‘zlarni ishlatgan.

Tyutor sudda qilmishini tan olgan. U o‘sha kuni mast bo‘lgani sababli talabaga bunday taklif bilan chiqqanini aytgan. Shuningdek, qizdan kechirim so‘ragani va bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirgan.

Qiz o‘rtada avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi A.A.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida (Shahvoniy shilqimlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan. Unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.