Buxoro, Qoʻqon va Toshkentdagi yangi maʼlumotlar markazlari jahon miqyosida eʼtirof etildi
Uptime Institute xalqaro sertifikatlashtirish instituti Uztelecom kompaniyasining Buxoro, Qoʻqon va Toshkent shaharlaridagi tijoriy maʼlumotlar markazlari loyihalarining yuqori darajadagi ishonchliligi va uzluksiz ishlashini tasdiqlab, ularga Tier III maqomini berdi. Milliy IT-yechimlar yetkazib beruvchisining Buxoro va Qoʻqondagi yangi infratuzilma obyektlari Toshkentdan 300 km dan ortiq masofada joylashgan boʻlib, mamlakatda poytaxtdan eng uzoqdagi maʼlumotlarga ishlov berish markazlariga aylandi.

Buxoro, Qoʻqon va Toshkentdagi yangi maʼlumotlar markazlari xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Xuddi shu xizmatlar Toshkentdagi yangi maʼlumotlar markazida ham yoʻlga qoʻyiladi.
UzCloud’ning geografik jihatdan taqsimlangan infratuzilmasi beshta maʼlumotlarni qayta ishlash markazini (MQIM) yagona bulutli konturga birlashtiradi. Muhim IT-tizimlar uchun favqulodda vaziyatdan keyingi tiklash bo‘yicha qo‘shimcha xizmat — DRaaS (Disaster Recovery as a Service) ham mavjud. U zaxira maydonchasi, maʼlumotlardan nusxa olish va biznes talablari asosida oldindan sozlangan tiklash rejasini o‘z ichiga oladi. Jumladan, ushbu reja qancha maʼlumot yo‘qotilishi mumkinligini va tizim qaysi muddatda tiklanishi kerakligini belgilab beradi. Shu tariqa kompaniyalar yagona bulut doirasida ishonchli, falokatlarga chidamli arxitekturaga ega bo‘ladi.
Uptime Institute tomonidan berilgan Tier III maqomi maʼlumotlar markazining barcha asosiy muhandislik tizimlari zaxiralanganini tasdiqlaydi. Xizmatlar uzluksizligi va nosozliklarga chidamlilikni taʼminlash uchun MQIM qo‘shaloq sovitish va elektr taʼminoti tizimlari, shuningdek zaxira tarmoq kanallari bilan jihozlangan. Shahar elektr taʼminoti uzilib qolsa, uzluksiz quvvat manbalari va dizel-generatorlar ishga tushadi. MQIM hamda unda joylashgan jismoniy yoki bulutli IT-infratuzilma o‘z faoliyatini uzilish va to‘xtashlarsiz davom ettiradi.
Maʼlumotlar markazlarining jismoniy xavfsizligi o‘ta muhim IT-infratuzilma obyektlariga qo‘yiladigan talablarga to‘liq mos keladi. Ularning hududida kecha-yu kunduz kirish nazorati va videokuzatuv yo‘lga qo‘yilgan, uzluksiz monitoring olib boriladi hamda avtomatik gazli yong‘in o‘chirish tizimi o‘rnatilgan.
“Tier III sertifikatlarining olinishi – bu xalqaro eʼtirof, shuningdek, Uztelecom’ning mamlakat raqamli infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi izchil saʼy-harakatlari natijasidir. Biz uchun bu “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida davlat tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish yoʻlidagi navbatdagi qadamdir. Biz jismoniy maʼlumotlar markazlari tarmogʻini hamda ular asosidagi UzCloud bulutli platformasining hisoblash imkoniyatlarini kengaytirmoqdamiz. Yaratilgan resurslar zaxirasi har qanday miqyosdagi IT-loyiha barqaror ishlashini taʼminlash imkonini beradi”

