Mahalliy

Buxoro matbuotining yo‘qotilmagan merosi (foto va video)

Buxoroning har bir ko‘chasi, har bir madrasasiyu qadimiy devoridan tarix nafasi ufurib turadi. Bu zaminda

Buxoro matbuotining yo‘qolmagan merosi (foto va video)

Buxoroning har bir ko‘chasi, har bir madrasasi va qadimiy devoridan tarix nafasi ufurib turadi. Bu diyorda qalam ahli doimo xalq dardini so‘zga aylantirib, zamon ruhini tarix sahifalariga muhrlab kelgan.

Buxoro shahridagi muhtasham Ko‘kaldosh madrasasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi ko‘magida «Yo‘qotilmagan meros» nomli xotira kechasi tashkil etildi. Tadbirda Buxoro viloyati matbuoti rivojiga katta hissa qo‘shgan marhum ustoz jurnalistlar yodga olindi. Ishtirokchilar ularning ibratli hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, kasbiga cheksiz sadoqati hamda avlodlar uchun qoldirgan boy ma’naviy merosi haqida samimiy suhbatlashishdi.

Marhum ustozlar haqqiga tilovat va duo qilingach, yig‘ilganlar xotira ko‘rgazmasini tomosha qildilar.

Bu ulug‘ zotlarning hayot yo‘li oson kechmagan. Ularning aksariyati o‘z davrining og‘ir tazyiqlari va suronli sinovlarini boshdan kechirgan, haqiqatni ochiq aytish yo‘lida jonini ham garovga qo‘yishdan qaytmagan.

«Ammo ularning barchasini yagona bir g‘oya: kasbga sadoqat, haqiqatga ishonch va xalqqa beminnat xizmat qilish tuyg‘usi birlashtirib turardi. Bugun ustozlarni yod etar ekanmiz, aslida, o‘z kasbimiz, tariximiz va o‘zligimiz haqida mushohada yuritamiz. Chunki ustozini unutgan shogirdning kelajagi, tarixini unutgan millatning ertasi bo‘lmaydi. Bu xotira kechasi — bizning farzandlik va shogirdlik burchimizdir»,

— dedi uyushmaning Buxoro viloyati bo‘limi raisi Gulshoda Ibragimova.

Bu tashabbus, shubhasiz, nihoyatda qadrlidir. Zero, xotira faqat til bilan aytilganda emas, balki sahifalarga muhrlangandagina avloddan avlodga o‘tadi. Bugun qo‘limizdagi birgina eski gazeta yoki surat ertaga butun bir davr solnomasidan so‘z ochuvchi bebaho manbaga aylanishi mumkin.

Buxoro jurnalistikasi tarixida o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan 160 nafar ustozning xotirasi qalblarimizda hamisha yashaydi. Ularning qalami to‘xtagan bo‘lishi mumkin, biroq ular qoldirgan so‘z, fikr va ma’naviy meros hanuz yashab kelmoqda. Va bu meros yo‘qolmagan. Bor va barhayot.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.