Buxgalteriyada vaqtni tejashning yangi yoʻli: bank operatsiyalari, hujjatlar va hisobotlar - barchasi yagona tizim, Keeping’da
Buxgalteriya hisobida vaqtning katta qismi har doim ham bevosita hisob-kitoblarga sarflanmaydi. Maʼlumotlarni turli dasturlarga kiritish, Excel fayllarini solishtirish, bank operatsiyalarini tekshirish, elektron hujjatlar bilan ishlash va hisobot uchun zarur maʼlumotlarni yigʻish ham buxgalterning kundalik vazifalari sirasiga kiradi. Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan Keeping platformasi ushbu jarayonlarni yagona tizimga jamlash orqali buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishni taklif qilmoqda.

Buxgalteriyada vaqtni tejashning yangi usuli: bank operatsiyalari, hujjatlar va hisobotlar — barchasi Keeping’da yagona tizimda
Buxgalteriya hisobida vaqtning katta qismi har doim ham toʻgʻridan-toʻgʻri hisob-kitoblarga ketmaydi. Maʼlumotlarni turli dasturlarga kiritish, Excel fayllarini taqqoslash, bank operatsiyalarini tekshirish, elektron hujjatlar bilan ishlash va hisobot uchun kerakli maʼlumotlarni yigʻish ham buxgalterning kundalik vazifalari qatoriga kiradi.
Keeping platformasi ana shu jarayonlarni yagona tizimga birlashtirish orqali buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishni taklif etmoqda.
Buxgalteriya deganda koʻpchilikning xayoliga hisobotlar, jadvallar va raqamlar keladi. Ammo biznes jarayonlarida buxgalterning kundalik faoliyati faqat hisobot tayyorlash va topshirish bilangina cheklanmaydi. Savdo operatsiyalarini qayd etish, hisob-fakturalar bilan ishlash, bank maʼlumotlarini tekshirish, xodimlar ish haqini shakllantirish, hujjatlarni rasmiylashtirish, soliq va boshqa hisobotlarni tayyorlash kabi vazifalar yagona moliyaviy tizimning turli qismlaridir.
Muammo shundaki, bu jarayonlar koʻpincha bir-biridan ajralgan holda bajariladi. Bir maʼlumot Excel faylida, boshqasi alohida dasturda, elektron hujjatlar boshqa platformada, bank operatsiyalari esa yana boshqa tizimda boʻlishi mumkin. Natijada buxgalterning vaqti bevosita hisob-kitoblarga emas, balki maʼlumotlarni bir joydan boshqasiga koʻchirish, tekshirish va solishtirishga sarflanadi. Qoʻlda kiritiladigan har bir qoʻshimcha maʼlumot esa xatolik ehtimolini yanada oshiradi. Aynan shu nuqtada buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish va ularni yagona tizimda birlashtirish zarurati yuzaga keladi.
Buxgalteriya bitta tizimga jamlansa nima oʻzgaradi?
Keeping platformasining asosiy konsepsiyasi buxgalteriya jarayonlarini alohida dasturlarga boʻlib yubormasdan, ularni yagona tizimda boshqarishga tayanadi. Platformada savdo operatsiyalari, pul mablagʻlari, aktivlar, xodimlar va ish haqi, hisobotlar, ijara shartnomalari hamda buxgalteriya hisobining boshqa yoʻnalishlari bilan ishlash imkoniyati mavjud. Bu esa buxgalterga kundalik jarayonlarni bir nechta dastur oʻrtasida taqsimlamasdan, yagona onlayn muhitda tashkil etish imkonini beradi. Bundan tashqari, Keeping foydalanuvchilari elektron hujjatlar almashinuvidan ham qoʻshimcha toʻlovlarsiz foydalanishlari mumkin. Yaʼni platformadan foydalanuvchi har bir mijoz Oʻzbekistondagi eng yirik rasmiy elektron hujjat operatorlaridan biri boʻlgan

