Sport

Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempionlariga 200 ming dollardan beriladi

Prezident qaroriga koʻra, kattalar oʻrtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritganlar 200 ming, kumush medal egalari 100 ming, bronza sohiblari esa 50 ming dollardan mukofot puli oladi. Ularning trenerlariga esa mos ravishda 50, 25 va 12,5 ming dollardan beriladi.

Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempionlariga 200 ming dollardan beriladi

«Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–346-son prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida gʻolib chiqqan yoki sovrinli oʻrinlarni egallagan Oʻzbekiston shaxmatchilariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdori oshiriladi.

Ragʻbatlantirish choralari sportchilar bilan bir qatorda ularning trenerlarini ham qamrab oladi. Yaʼni xalqaro musobaqalarda natija ko‘rsatgan shaxmatchilarning murabbiylariga toʻlanadigan bir martalik mukofotlar ham ko‘paytiriladi.

Hujjatga muvofiq, nufuzli xalqaro musobaqalar gʻoliblariga beriladigan pul mukofotlari quyidagicha belgilandi:

Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar): oltin – 200 ming AQSH dollari (bungacha BHMning 2 ming baravari – 880 mln soʻm edi); kumush – 100 ming dollar (bungacha BHMning 1 ming baravari – 440 mln soʻm edi); bronza – 50 ming dollar (bungacha BHMning 500 baravari – 220 mln soʻm edi).

Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar): oltin – 20 ming dollar; kumush – 10 ming dollar; bronza – 5 ming dollar.

FIDE tasnifiga koʻra jahon miqyosidagi musobaqalar: oltin – 15 ming dollar (bungacha BHMning 300 baravari – 132 mln soʻm edi); kumush – 7,5 ming dollar (bungacha BHMning 150 baravari – 66 mln soʻm edi); bronza – 3 ming 750 dollar (bungacha BHMning 75 baravari – 33 mln soʻm edi).

FIDE tasnifiga koʻra Osiyo miqyosidagi musobaqalar: oltin – 10 ming dollar (bungacha BHMning 70 baravari – 30 mln 800 ming soʻm edi);

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.