Sport

“Bunyodkor”ni tark etgan Ilyos Zeytullayev “Kattaqo‘rg‘on” bosh murabbiyi etib tayinlandi

“Bunyodkor”ni tark etgan Ilyos Zeytullayev “Kattaqo‘rg‘on” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Samarqandning “Kattaqo‘rg‘on” klubi Ilyos Zeytullayev bilan kelishuvga erishdi.

“Jamoa muxlislariga bosh murabbiy vazifasini endilikda Ilyos Zeytullayev bajarishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Italiyada o‘tkazgan 44 yoshli mutaxassis avvalroq Toshkentning “Bunyodkor” klubidan iste’foga chiqqan edi. “Qaldirg‘ochlar” moliyaviy muammolarga duch kelgan va Superligada ketma-ket to‘qqizta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan edi.

Mutaxassis 2024-yil aprel oyida Toshkent jamoasida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ish boshlagan. O‘sha yilning kuzida esa jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, “Kattaqo‘rg‘on” joriy mavsumda O‘zbekiston Proligasida ishtirok etmoqda. Samarqand klubi 18-turdan so‘ng 30 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.