Sport

«Bunyodkor» Itsuki Urataga eng kamida 328 ming dollar pul toʻlaydi - FIFA qarori

FIFA Nizolarni hal qilish palatasi «Bunyodkor»ning sobiq futbolchisi Itsuki Urataning daʼvo arizasini koʻrib chiqdi va yakuniy qaror qabul qildi. Toshkent klubiga toʻlanmay qolgan maoshlar uchun 45 ming dollar, shartnomani buzganlik uchun esa 283,4 ming dollar kompensatsiya belgilandi. Agar toʻlov 45 kun ichida amalga oshirilmasa, «Bunyodkor»ga ketma-ket uchta toʻliq transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni…

«Bunyodkor» Itsuki Urataga kamida 328 ming dollar toʻlashi kerak – FIFA qarori

Joriy yilning bahorida 29 yoshli yaponiyalik chap qanot himoyachisi Itsuki Urata Toshkentning «Bunyodkor» klubini tark etgan edi. Bunga klubdagi moliyaviy muammolar sabab boʻlgani aytilgan. Shundan soʻng, Urata «Slaven Belupo» jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolab, faoliyatini u yerda davom ettirmoqda.

Keyinchalik yaponiyalik futbolchi FIFA Nizolarni hal qilish palatasiga murojaat qilgan. Kun.uz tomonidan oʻrganilgan rasmiy hujjatlarga koʻra, ushbu mehnat nizosi boʻyicha yakuniy qaror 2026-yil 13-avgust kuni qabul qilingan.

Hujjatga muvofiq, «Bunyodkor» futbolchiga quyidagi miqdordagi mablagʻlarni toʻlab berishi majburiy etib belgilandi:

* Toʻlanmay qolgan maosh sifatida 45 ming dollar;

* Yuqoridagi qarzning har 15 ming dollari uchun 2026-yilning 6-fevral, 6-mart va 27-mart sanalaridan boshlab toʻlov toʻliq amalga oshirilgunga qadar yillik 5 foizlik ustama;

* Shartnomani buzganlik uchun kompensatsiya sifatida 283 ming 426 dollar jarima. Bunda ham toʻlov toʻliq toʻlangunga qadar 2026-yil 27-martdan boshlab yillik 5 foiz ustama.

Agar barcha belgilangan summalar va ustamalar qaror eʼlon qilingandan keyin 45 kun ichida toʻliq toʻlanmasa, klubga nisbatan jiddiy sanksiyalar qoʻllaniladi. Xususan, «Bunyodkor» toʻlov toʻliq amalga oshirilmagunicha milliy va xalqaro darajada yangi futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazish huquqidan mahrum qilinadi. Ushbu taqiq ketma-ket uchta toʻliq transfer oynasi davomida amal qiladi. Agar uchta transfer davri yakuniga qadar ham toʻlov qilinmasa, ish FIFA Intizom qoʻmitasiga oshiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.