Bunday sigir oʻzimga ham kerak
Ishonch qolmadi: Yevropa davlatlari oʻz oltinlarini AQShdan olib chiqib ketmoqda

Bunday sigir oʻzingga kerak
Yevropa davlatlari AQShdan oltinni olib chiqib ketmoqda. Bu haqda Britaniyaning Financial Times nashri xabar bermoqda.
2026 yilda Niderlandiya Markaziy banki (DNB) AQSh va Kanadadagi omborlardan 86 tonna quyma oltin zaxiralarini Londonga va oʻz omborlariga koʻchirdi. Martidan avgustigacha boʻlgan davrda amalga oshirilgan ushbu operatsiya geosiyosiy beqarorlikning kuchayishi va okean ortida aktivlarni saqlash xavfini kamaytirish istagi bilan izohlanadi. Endilikda oltin zaxiralarining bir qismi Londonga, bir qismi esa Niderlandiyadagi milliy omborga yoʻnaltirildi.
Bundan oldin Frantsiya banki AQShdan oʻz oltin zaxiralarini olib chiqib ketish va repatriatsiya qilishni toʻliq yakunlagan edi. 2025 yilning iyulidan 2026 yilning yanvarigacha boʻlgan davrda Parij Nyu-York Federal zaxira bankida saqlanayotgan oxirgi 129 tonna oltinni olib chiqib ketdi va sotdi. Endilikda Frantsiyaning barcha oltin zaxirasi — 2437 tonna (dunyoda 4-oʻrin) mamlakat hududida joylashgan.

