Sport

Bukhara Night Race 2026 xalqaro tungi yugurish musobaqasi World Athletics tashkilotidan Recognized Event ekologik maqomini oldi

Bukhara Night Race 2026 xalqaro yugurish musobaqasi Butunjahon yengil atletika assotsiatsiyasining ABW standarti boʻyicha Recognized Event (eʼtirof etilgan darajadagi musobaqa) ekologik maqomini oldi. U 2024 yildan buyon baholashdan oʻtgan 130 ta tadbir orasida Markaziy Osiyo va MDHdan joy olgan yagona musobaqa boʻldi.

Bukhara Night Race 2026 xalqaro tungi yugurish musobaqasi World Athletics tomonidan Recognized Event ekologik maqomiga loyiq koʻrildi.

U tadbirning atrof-muhit, mahalliy iqtisodiyot va jamiyatga koʻrsatadigan taʼsirini hisobga oladi.

Recognized Event — bu World Athletics tashkilotining rasmiy eʼtirof darajasi boʻlib, musobaqa tashkilotchilari ABW standartida belgilangan barqaror rivojlanish sohasidagi talablarga rioya qilishini tasdiqlaydi.

Maqom tadbirni 6 ta asosiy yoʻnalishdagi 120 ta parametr boʻyicha kompleks baholash natijalariga koʻra beriladi. Bu yoʻnalishlar: «Barqaror rivojlanish sohasidagi yetakchilik», «Barqaror ishlab chiqarish va isteʼmol», «Iqlim oʻzgarishi va karbonat angidrid chiqindilari», «Atrof-muhit va havo sifati», «Global tenglik», «Xilma-xillik, qulaylik va farovonlik». Ular qatoriga yigʻilgan chiqindilar, sarflangan elektr energiyasi va suv hajmi, shuningdek, uskunalar, ishtirokchilar va tashkilotchilar jamoasini tashish uchun foydalanilgan transport vositalaridan ajralib chiqqan karbonat angidrid gazlari miqdori kiradi.

ABW tizimi bir nechta eʼtirof darajalarini oʻz ichiga oladi: Recognized Event, Bronze, Silver, Gold va Platinum. Shu tariqa, Recognized Event maqomi ushbu tizim doirasidagi World Athletics tashkilotining birinchi rasmiy eʼtirof darajasi boʻlib, musobaqaning ABW standarti bazaviy talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi.

2024 yilda yengil atletika musobaqalarini ekologik sertifikatlash yoʻlga qoʻyilganidan buyon 130 ta tadbir World Athletics baholashidan oʻtdi. Ulardan 84 tasi Recognized Event, 16 tasi — Bronze Label, 16 tasi — Silver Label, 9 tasi — Gold Label va 5 tasi — Platinum Label maqomini oldi. Bukhara Night Race 2026 dan tashqari barcha yugurish musobaqalari professional sportchilar ishtirokiga moʻljallangan yoki World Athletics Label maqomini olishga daʼvogar tadbirlar boʻlgan.

Bukhara Night Race 2026 Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasida ushbu roʻyxatga kiritilgan yagona musobaqa boʻldi.

Tizim rivojlanishni kuzatish, yuqori natijalarni qayd etish va eng yaxshi tajribalarni namoyish etish imkonini beradi. World Athletics maqomiga ega tadbirlar federatsiyaga oʻz natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart.

Shunday qilib, Bukhara Night Race tashkilotchilari tadbirning taxminiy uglerod izi, chiqindilar hajmi va boshqa koʻrsatkichlarini qayd etishdi. Musobaqa doirasida yugurish tadbirini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan uskunalarni tashishga jalb etilgan transport vositalari soni — har birining yuk koʻtarish quvvati 10 tonna boʻlgan beshta yuk mashinasi, ular tomonidan sarflangan yoqilgʻi hajmi (1600 kub m metan), shuningdek, musobaqa davomida elektr energiyasining taxminiy sarfi (800 kVt) hisoblab chiqildi.

Musobaqa davomida barcha chiqindilar saralandi. Ularning umumiy vazni 980 kg ni tashkil etdi. Chiqindilarning asosiy qismi (87,1%) oziq-ovqat va boshqa chiqindilar hissasiga toʻgʻri keldi. Barcha turdagi plastik chiqindilarning ulushi 10,1% ni tashkil etdi.

Musobaqa «Avvalgidan koʻra tozaroq» tamoyili asosida oʻtkaziladi, shu bois yugurish tadbiri plogging — chiqindi yigʻish bilan birga yugurish masofasi bilan birgalikda olib boriladi. Bukhara Night Race 2026 dagi plogging ishtirokchilari plastik butilkalarning qopqoqlarini yigʻishdi. Yigʻilgan qopqoqlarning umumiy vazni 16,2 kg ni tashkil etdi. Keyingi Zaamin Ultra 2026 va Sky Camp Bo’stonliq 2026 musobaqalarida Buxorodagi plogging masofasi ishtirokchilari Buxoroda yigʻilgan qopqoqlardan eritilib tayyorlangan eksklyuziv medallarni qoʻlga kiritishdi.

Menejerlar va koʻngillilar jamoasi koʻp martalik idishlardan foydalanishga harakat qilishdi. Fudkortlarda plastik miqdorini kamaytirish uchun 5 va 20 litrli suv butilkalaridan foydalanildi.

Toshkentda start paketlarini tarqatish vaqtida sport svopi — yaroqli sport kiyimlarini almashish tadbiri oʻtkazildi. Svopdan soʻng tashkilotchilarda 18 kg kiyim va poyabzal, jumladan, velosiped va yugurish formalari hamda sport uslubidagi kiyimlar qoldi. Velosiped formasi Buxorodagi yosh sportchilar murabbiyiga, yugurish kiyimlari — shahar Yoshlar markaziga, «shaharcha» uslubidagi kiyimlar esa Buxorodagi boshpanasiz va ogʻir vaziyatga tushib qolgan shaxslar uchun ijtimoiy markazga yuborildi.

Bukhara Night Race tashkilotchilari hisobotda aks etgan ushbu va boshqa raqamlarni nafaqat yutuq, balki Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan mamlakatning turli hududlarida oʻtkaziladigan beshta yugurish musobaqasidan iborat Samarkand Marathon Series doirasidagi keyingi musobaqalarda dinamikani kuzatish uchun boshlangʻich nuqta sifatida baholamoqdalar. Jamoa allaqachon Zaamin Ultra yakunlari boʻyicha hisobotni topshirdi va Sky Camp Bo’stonliq tahlilini tayyorlamoqda. Monitoring keyingi har bir yugurish musobaqasini yanada yaxshilash imkonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.