Layfstayl

Buker mukofotiga nomzodlarning qisqa ro‘yxati e’lon qilindi

Buker 1969-yilda ta’sis etilgan, adabiyot yo‘nalishidagi eng nufuzli mukofotlardan sanaladi

Buker mukofotiga nomzodlarning qisqa ro‘yxati ma’lum qilindi

Londonda Buker mukofotiga da’vogarlarning short-listi, ya’ni qisqa ro‘yxati e’lon qilindi.

Avvalgi yillardagi laureatlar — yamaykalik Marlon Jeyms va shotland-amerikalik yozuvchi Duglas Styuart bu safar ham g‘oliblik uchun nomzodlar qisqa ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Jeyms bu yil «The Disappearers» («Yo‘qoluvchilar») romani bilan, Styuart esa «John of John» («Jon, Jonning o‘g‘li») kitobi bilan yangi nomzodlar safidan joy oldi.

Marlon Jeyms 2015-yilda «Yetti qotillikning qisqacha tarixi» romani uchun ushbu mukofotni olgan edi, Duglas Styuart esa 2020-yilda «Shaggi Beyn» nomli debyut asari bilan Buker mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Mukofotga da’vogarlar orasida, shuningdek, amerikalik yozuvchi va bir qator adabiy mukofotlar sohibasi Elizabet Straut hamda britaniyalik mualliflar — M. Jon Harrison, Lyuk Kennard va Rebekka Perri ham bor.

Iyul oyida e’lon qilingan long-listdagi yettita asar ro‘yxatdan chiqib ketdi.

Hakamlar hay’ati raisi Meri Birdning so‘zlariga ko‘ra, Buker mukofotining yakuniy oltita da’vogarini tanlash «yumshoq qilib aytganda, oson bo‘lmadi».

«Zamonaviy inglizzabon badiiy adabiyoti ham e’tirof etilgan, ham yangi iste’dodlarga boy», — dedi u.

Buker mukofoti g‘olibi 9-noyabr kuni e’lon qilinadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili eng yaxshi roman muallifiga 50 ming funt sterling topshirilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.