Bugun Toshkent va Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Mamlakatning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin

Bugun Toshkent va Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq kechga borib Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s bo‘ladi. Harorat 21-26 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun esa biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda esa qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18 daraja bo‘ladi.

