Bugun O'zbekistonda harorat 38 daraja Selsiyga yetadi.
Toshkent, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarining tog'oldi va tog'li hududlarida sel oqimi bo'lishi mumkin.

Bugun O'zbekistonda harorat 38 daraja Selsiyga yetishi kutilmoqda.
O'zgidromet ma'lumotlariga ko'ra, kun davomida mamlakat bo'ylab yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi sekundiga 7 dan 12 metrgacha bo'ladi. Harorat 33 dan 38 daraja Selsiygacha o'zgaradi.
Toshkentda ham quruq ob-havo kutilmoqda. Shamol tezligi sekundiga 3-8 metrga yetadi. Harorat 35-37 daraja Selsiygacha yetadi.
Tog'li hududlarda qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarining tog'oldi va tog'li hududlarida sel va suv toshqini bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Bu hududlarda harorat 22 dan 27 daraja Selsiygacha bo'ladi.

