Mahalliy

Bugun Oʻzbekistonning katta qismida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi

Bugun Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, bugun Oʻzbekiston boʻyicha oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi, yomgʻir yogʻishi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi prognoz qilinmoqda. Fargʻona vodiysida kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan esib, gʻarbga oʻtadi, tezligi 7-12 m/s, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim tumanlarda chang-toʻzonlar bilan 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25 daraja, janubda 33 darajagacha boʻladi.

Toshkentda oʻzgaruvchan bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Harorat 22-24 daraja boʻlib, sekin-asta 17-19 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida oʻzgaruvchan bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan esib, gʻarbga oʻtadi, tezligi 7-12 m/s, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22 daraja boʻladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.