Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi va harorat pasayishi kutilmoqda

Bugun Oʻzbekistonning bir qator hududlarida yomgʻir yogʻishi va harorat pasayishi prognoz qilinmoqda
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, bugun Oʻzbekiston boʻyicha kam bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan havo boʻlishi, yogʻingarchilik kutilmasligi, biroq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkinligi maʼlum qilindi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, choʻl hududlarida baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37 daraja, shimolda 25-30 daraja boʻladi.
Toshkentda kam bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan havo boʻlishi, yogʻingarchilik kutilmasligi prognoz qilinmoqda. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida kam bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan havo boʻlishi, yogʻingarchilik kutilmasligi prognoz qilinmoqda. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30 daraja boʻladi.

