Bugun Oʻzbekiston boʻyicha nisbatan salqin ob-havo kutilmoqda

Bugun Oʻzbekistonda nisbatan salqin ob-havo kutilmoqda
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, kunduzi yogʻingarchilik prognoz qilinmayapti. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati — 27-32 daraja boʻladi.
Poytaxtda ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s. Harorat 29-31 daraja boʻladi.
Togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27 daraja boʻladi.

