Bugun Oʻzbekiston boʻyicha iliq ob-havo kutilmoqda
Faqat Fargʻona viloyatining togʻli hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin.

Bugun Oʻzbekistonda iliq ob-havo kutilmoqda
Oʻzgidromet xabariga koʻra, kunduzi Oʻzbekistonning barcha hududlarida yogʻingarchilik prognoz qilinmayapti. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati — 22-27 daraja iliq.
Poytaxtda ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s. Harorat — 25-27 daraja iliq.
Togʻoldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi, biroq Fargʻona viloyatining togʻli hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol 7-12 m/s. Havo harorati — 13-18 daraja iliq.

